Kontent qismiga oʻtish

Mixalis Dorizas

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mixalis Dorizas

Mixalis Dorizas 1908-yilda
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavallud sanasi 16 April 1886
Istanbul, Turkiya
Vafot sanasi 1957-yil 21-oktyabr (71 yoshda)
Filadelfiya, AQSh
Boʻyi 1.77 m
Vazni 106 kg
Sport
Qaysi sport Yengil atletika

Mixális Dórizas (16-aprel 1886 — 21-oktyabr 1957) — 1906-, 1908- va 1912-yilgi yozgi olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan gretsiyalik yengil atletikachi[1]. 1908-yilda nayza uloqtirish boʻyicha kumush medal va 1906-yilda bosqon uloqtirish boʻyicha bronza medalini qoʻlga kiritgan. 1906-yilda Afinada navbatdan tashqari olimpiada tashkil etilgan. Bu olimpiadaga Xalqaro olimpiya qoʻmitasi masʼul boʻlmagan. Disk uloqtirishda uning eng yaxshi natijasi 1908-yilda Angliya poytaxti London shahrida oʻtkazilgan olimpiya oʻyinlarida (beshinchi oʻrin) qayd etilgan. Yadro uloqtirishda esa 1912-yilda Shvetsiyaning Stokgolm shahrida oʻtkazilgan olimpiya oʻrinlarida 11-oʻrinni egallagan. Mazkur olimpiadaning disk uloqtirish bahslarini 13-oʻrinda yakunlagan. 1908-yilgi olimpiadaning nayza uloqtirish musobaqasida oltin medalni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan[2].

Dorizas Konstantinopolda tugʻilgan. Robert kollejini bitirgan. 1913-yilda Pensilvaniya universitetiga oʻqishga kirgan. 1914—1916-yillarda AQShda kollejlararo chempionatda gʻalaba qozongan. Shuningdek, ikki yil davomida Amerika futbolida ham faoliyat olib borgan. Bu davrda yengil atletikadagi faoliyatini ham davom ettirgan. Birinchi jahon urushi paytida AQSh armiyasida serjant sifatida xizmat qilgan. Baʼzi manbalarda esa boshqa tillarni bilganligi uchun AQSh armiyasida tarjimonlik qilganligi haqida ham maʼlumotlar keltirilgan Urushdan keyin 1919-yilda Parij tinchlik konferensiyasida yunon, turk va ingliz tillarida tarjimon sifatida ishlagan.

1915-yilda falsafa fanidan magistrlik unvonini qoʻlga kiritgan va geografiya boʻyicha doktorlik unvonini olish uchun tadqiqotni boshlagan. 1943-yilda Friars Senior Society uni „yil davomida universitetga eng katta xizmat koʻrsatgan fakultet aʼzosi“ sifatida eʼtirof etgan. U 1957-yil (vafotiga qadar) Pennda oʻqituvchilik faoliyatini davom ettirgan.

  1. „Michalis Dorizas“. Olympedia. 2021-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-mart.
  2. „The “Big Greek” Michalis Dorizas in University of Pennsylvania’s Alumni Magazine“ (en) (2021-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 27-may.