Mirsaid Mirrahimov
Mirsaid Mirrahimov | |
---|---|
Tavalludi |
27-mart 1927-yil |
Vafoti |
2-oktyabr 2008-yil (81 yoshda) Bishkek, Qirgʻiziston |
Fuqaroligi | SSSR Qirgʻiziston |
Taʼlimi | Qirg'iziston davlat tibbiyot akademiyasi |
Kasbi | Kardiolog |
Millati | oʻzbek |
Turmush oʻrtogʻi | Nelya Yarrulovna Yusupova |
Mirrahimov Mirsaid Mirrahimovich (ruscha: Мирсаид Мирхамидович Миррахимов) – vrach-terapevt, tibbiyot fanlari doktori, professor, Qirgʻiziston Respublikasi fanlar akademiyasi akademigi, SSRI, Nyu-york tibbiyot fanlari akademiyakari aʼzosi. SSSI oliy soveti deputati. Ijtimoiy mehnat qahramoni. Millati Oʻzbek.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mirsaid Mirrahimov 1927-yilda Frunza (hozirgi Bishkek) shahrida musiqachilar oilasida tavallud topgan. 1934-yili 7 yoshga toʻlganida 1-sinfga borgan. Ota-onasi uni oʻzbek tilida taʼlim beruvchi toʻliq emas oʻrta-taʼlim maktabida oʻqitadilar. Maktab yillaridayoq Mirrahimov oʻz doʻstlaridan ijobiy hislatlari bilan ajralib turgan. Hamma bolalar kabi oʻynoqi boʻlgan emas, yoshligidan kitob oʻqishni yoqtirgan. Maktabda oʻqib yurganda shaxmat oʻynashni oʻrgangan. 1948-yili, 21 yoshida Qirgʻiziston davlat tibbiyot universitetini tamomlagan. 1955-yilda „Tibbiyot ilmlari doktori“, 1966-yili „professor“, 1974-yili Qirgʻiz SSRi ilmlar akademiyasi Akademiki, 1988-yili SSRI tibbiyot fanlar akademiyasi Akademiki va 1993-yili Markaziy Osiyo kordiologlar assotsatsiyasi direktori lavozimlarini egallagan. 3 farzandning otasi. 2008-yili, 2-oktabrda vafot etgan va Bishkekdagi Ala-Archa mozoriga koʻmilgan.
Qoʻshimcha maʼlumotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- SSRI oliy soveti deputati;
- Frunza shahar kengashi deputati;
- Qirgʻiz SSRi Oliy kengash duputati (3 marotaba);
- Markaziy Osiyo „Tibbiyot“ jurnali bosh direktori;
- „MDH Kardioligiyas“ jurnali bosh muharrir oʻrinbosari;
- „Odam biyologiyasi“, „Xemoretseptor“ xalqaro assotsotsiyalari aʼzosi;.
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]700dan ziyod ilmiy maqolalar muallifi. Ulardan: 39 monografiya, 63 ilmiy maqola, referatlar va koʻplagan tibbiyoy maqolalari. 19ta kashfiyot muaalifi.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1961-yili „Hurmat belgisi“ ordeni (ikki marotaba);
- 1976-yili „Oktabr revolyutsiyasi“ ordeni;
- 1977-yili „SSRI sogʻliqni saqlash aʼlocisi“, „QR xalq aʼlochisi“, SSRI oliy soveti toʻrt hurmat gramotasi;
- SSRI, QR Davlat mukofoti laureati fan va texnika sohasida;
- 1978-yili Qirgʻiziston Respublikasi Davlat mukofoti laureati;
- 1981-yili V. I. Lenin ordeni;
- 1987-yili „Ijtimoiy mehnat qahramoni“ (oltin yulduz) medali.
- 2000-yil „2000-yil Odami“ (Qirgʻiziston)
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Mirsaid Mirrahimov (Wayback Machine saytida 2014-03-24 sanasida arxivlangan), knews.kg (rus.)
- Mirsaid Mirrahimov, Geroi strany (rus.)
- Mirsaid Mirrahimov, Akademiklar ensiklopediyasi (rus.)
- Mirsaid Mirrahimov, Kto ets' kto (rus.)
- 27-martda tugʻilganlar
- 1927-yilda tugʻilganlar
- Bishkekda tugʻilganlar
- 2-oktyabrda vafot etganlar
- 2008-yilda vafot etganlar
- Bishkekda vafot etganlar
- Qirgʻizistonlik oʻzbeklar
- Sotsialistik Mehnat Qahramonlari
- Tibbiyot fanlari doktorlari
- Lenin ordeni sohiblari
- Oktabr Inqilobi ordeni sohiblari
- Hurmat Belgisi ordeni sohiblari
- Xalqlar doʻstligi ordeni sohiblari
- SSSR Davlat mukofoti laureatlari