Kontent qismiga oʻtish

Mei Fang

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mei Fang
梅方
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mei Fang
Tavallud sanasi 14-noyabr 1989-yil (1989-11-14) (34 yosh)
Tavallud joyi Wuhan, Hubei, Xitoy
Boʻyi 1.87 m (6 ft 1 12 in)
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2005—2008 Wuhan Optics Valley
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008 Wuhan Optics Valley 0 (0)
2009—2013 Wuhan Zall 107 (7)
2014—2021 Guangzhou Evergrande 106 (1)
Milliy terma jamoa
2014—2019 Xitoy 24 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Mei Fang (xitoycha: 梅方 1989-yil 14-noyabrda tugʻilgan) — markaziy himoyachi ampulasida harakat qilgan. Sobiq xitoylik professional futbolchi.

Klubdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mei Fang futbolchilik faoliyatini 2008-yilda asosiy jamoaga koʻtarilgandan soʻng „Wuhan Optics Valley“da boshlagan. 2008-yil avgust oyida u jamoadoshi Vang Yang bilan Liga 2 jamoasi RC Strasbourg sinovidan oʻtgan[1]. 2008-yil oktyabr oyida Wuxan Xitoy futbol assotsiatsiyasi tomonidan jazolangani uchun ligani tark etgan. Klubsiz qolgan Mei 2008-yilning noyabrida Vang bilan Bundesliga vakili VfL Wolfsburg sinovga taklif qilingan[2]. Ular Yevropadagi sinovlarini davom ettirdilar va 2008-yilning dekabrida Belgiya Pro-ligasi vakili Serkl Bruggega koʻchib oʻtishgan[3].

Mei 2009-yilgi mavsumda Hubeyga koʻchib oʻtgan. 2009-yil 28-noyabrda u oʻzining birinchi ligadagi golini urgan, ammo pley-off finalida Hunan Billowsga yutqazishgan[4]. U 2010-yilning yanvarida Serkl Bruggening klub bilan yana shartnoma imzolash taklifini rad etgan[5]. Mei 2012-yil boshida Hubei Greenery nomini Wuhan Zallga oʻzgartirgandan soʻng shartnomasini ikki yilga uzaytirgan[6]. U 2012-yil 12-martda klub sardori etib tayinlangan[7] va Wuhan 2012-yilgi mavsumda yuqori ligaga koʻtarilgan. 2013-yilning 8-martida u Jiangsu Saintyga qarshi oʻzining yuqori diviziondagi debyutini oʻtkazgan[8]. Keyin u oʻsha mavsumdagi birinchi golini 2013-yilning 1-iyunida Qingdao Jonunga qarshi oʻyinda (1:1) kiritgan[9]. 2013-yil 18-avgustda Guangzhou R& Fga qarshi oʻyinda 5:1 hisobida magʻlub boʻlganidan soʻng uning sardorligi klub tomonidan Cho Von Xiga topshirilgan[10].

Wuhan ikkinchi divizionga tushib ketganidan soʻng, Mei Xitoy Superligasi vakili Beijing Guoan bilan aloqaga chiqgan[11] ammo, 2014-yilning 1-yanvarida Mei Guangzhou Evergrand bilan shartnoma imzolagan[12]. U 2014-yilning 26-fevralida 2014-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasining birinchi guruh oʻyinida „Melburn Victory“ga qarshi oʻyinda (4:2) klub tarkibida oʻz debyutini oʻtkazgan va 88-daqiqada Alessandro Diamanti oʻrniga zahiradan maydonga tushgan[13]. U klubdagi ilk golini 2014-yilning 21-may kuni Guizhou Renhega qarshi oʻyinda (1:1) kiritgan. 2017-yilning 29-iyulida Mei „Guangzhou R&F“ga qarshi liga oʻyinida jarohat olgan, bu esa uni 2017-yilgi mavsumning qolgan qismiga safdan chiqishiga sabab boʻlgan[14]. 2018-yilning 18-iyulida u Guizhou Hengfengga qarshi oʻyinda oʻz uyida 4:0 hisobida gʻalaba qozongan holda jarohatdan keyingi ilk oʻyinini oʻtkazgan[15].

Mei 2022-yil 10-martda futbolchilik faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan[16].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mei Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2014-yilning 18-iyunida Makedoniyaga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazgan[17]. Mei Xitoyning 2015-yilgi Osiyo Kubogi uchun 23 nafar futbolchidan iborat tarkibiga kiritilgan va turnirdagi barcha 4 oʻyinda maydonga tushgan. 2015-yilning 12-noyabrida Mei 2018-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida Butan ustidan 12:0 hisobida gʻalaba qozonib, xalqaro maydondagi ilk golini kiritgan.

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Wuhan Optics Valley 2008 Xitoy Super Ligasi 0 0 - - - 0 0
Wuhan Zall 2009 Xitoy Ikkinchi Ligasi 13 1 - - - 13 1
2010 Xitoy Birinchi Ligasi 20 0 - - - 20 0
2011 20 2 0 0 - - 20 2
2012 26 2 1 0 - - 27 2
2013 Xitoy Super Ligasi 28 2 1 0 - - 29 2
Jami 107 7 2 0 0 0 0 0 109 7
Guangzhou Evergrande 2014 Xitoy Super Ligasi 18 1 2 0 5 0 0 0 25 1
2015 21 0 0 0 9 0 1 0 31 0
2016 25 0 7 0 2 0 0 0 34 0
2017 13 0 2 0 4 0 0 0 19 0
2018 10 0 0 0 0 0 0 0 10 0
2019 6 0 0 0 2 0 - 8 0
2020 10 0 1 0 4 0 - 15 0
2021 3 0 0 0 0 0 - 3 0
Jami 106 1 12 0 26 0 1 0 135 1
Karyerada jami 213 8 14 0 26 0 1 0 254 8

Xalqaro statistika

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Milliy terma jamoa
Yil Oʻyin Gol
2014 7 0
2015 12 1
2016 1 0
2017 2 0
2018 0 0
2019 2 0
Jami 24 1

Xalqaro maydondagi gollar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 12.11.2015 Xelong stadioni, Changsha, Xitoy  Butan 1 — 0 12-0 FIFA Jahon chempionati-2018 saralashi

Guangzhou Evergrand

  1. „梅方汪洋今日赴法试训“. Hubei Daily (26-avgust 2008-yil). 6-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-yanvar 2014-yil.
  2. „双子星汪洋梅方试训狼堡 拜仁前主帅将面授机宜“. sohu (2008-yil 6-noyabr). Qaraldi: 6-yanvar 2014-yil.
  3. „汪洋梅方试训比甲球队 基本功一点也不逊色“. sina (2008-yil 4-dekabr). 2-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-yanvar 2014-yil.
  4. „实录:[中乙湖南点杀湖北夺冠 功臣梅方失点球“]. sohu (2009-yil 28-noyabr). Qaraldi: 6-yanvar 2014-yil.
  5. „国奥新星放弃留洋比利时 梅方决定留守绿茵战中甲“. sina (2010-yil 18-yanvar). 2014-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-yanvar 2014-yil.
  6. „武汉宣布前国奥大将留队 梅方:被卓尔诚意打动“. sohu (2012-yil 4-fevral). Qaraldi: 6-yanvar 2014-yil.
  7. „汉军选出史上最年轻队长 老将忻峰辅佐小将梅方“. sohu (2012-yil 12-mart). Qaraldi: 6-yanvar 2014-yil.
  8. „Jiangsu Sainty vs. Wuhan Zall 2 - 1“. Soccerway. Qaraldi: 3-yanvar 2014-yil.
  9. „Wuhan Zall vs Qingdao Jonoon 1 - 1“. Soccerway. Qaraldi: 3-yanvar 2014-yil.
  10. „武汉卓尔宣布与主帅图拔科维奇解约 同时撤换队长“. sina (2013-yil 18-avgust). 2013-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-yanvar 2014-yil.
  11. „大国安终要出手买人了! 卓尔队长梅方已接近加盟“. Netease (2013-yil 9-dekabr). 2014-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-yanvar 2014-yil.
  12. Atkins. „GUANGZHOU EVERGRANDE SHOCK RIVALS WITH MEI FANG CAPTURE“. Wild East Football. Qaraldi: 3-yanvar 2014-yil.
  13. „GUANGZHOU EVERGRANDE (CHN) 4-2 MELBOURNE VICTORY (AUS)“. AFC (2014-yil 26-fevral). 2014-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-mart 2014-yil.
  14. „屋漏偏逢连夜雨!斯科拉里:梅方重伤6个月赛季报销“. Netease (2017-yil 29-iyul). Qaraldi: 2-avgust 2017-yil.
  15. „中超-塔利斯卡戴帽助郜林神倒钩 10人恒大4-0贵州“. Sina (2018-yil 18-iyul). Qaraldi: 18-iyul 2018-yil.
  16. „前国脚梅方宣布退役:告别的时刻终究还是到了“ (xitoycha). Dongqiudi (2022-yil 10-mart). Qaraldi: 10-mart 2022-yil.
  17. „热身赛-佩兰首秀于汉超高迪破门 国足2-0马其顿“. xinhuanet.com (18-iyun 2014-yil). 2014-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyun 2014-yil.