Mehmet Ekici
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Mehmet Ekici | ||
Tavallud sanasi | 25-mart 1990-yil | ||
Tavallud joyi | Munich, Gʻarbiy Germaniya | ||
Boʻyi | 1.80 m (5 ft 11 in) | ||
Ampluasi | Yarimhimoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1995—1997 | SpVgg Unterhaching | ||
1997—2009 | Bayern Munich | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2008—2010 | Bayern Munich II | 70 | (18) |
2010—2011 | Bayern Munich | 0 | (0) |
2010—2011 | → 1. FC Nürnberg (Ijara) | 32 | (3) |
2011—2014 | Werder Bremen | 41 | (4) |
2014—2017 | Trabzonspor | 62 | (16) |
2017—2020 | Fenerbahçe | 38 | (3) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2007 | Germaniya U17 | 3 | (0) |
2007 | Germaniya U18 | 1 | (2) |
2008 | Germaniya U19 | 1 | (0) |
2009 | Germaniya U20 | 4 | (1) |
2010 | Germaniya U21 | 3 | (0) |
2010—2015 | Turkiya | 12 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (14-mart 2020-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (8-iyun 2018-yil uchun) |
Mehmet Ekici (1990-yil 25-martda tugʻilgan) turkiyalik futbolchi, oxirgi marta „Fenerbahche“da yarim himoyachi sifatida oʻynagan.
U faoliyati davomida Bremenning „Werder“, "Nyurnberg „, “Bavariya" va „ Trabzonspor“[1] klublarida oʻynagan. Germaniyada tugʻilgan Ekici, 17 yoshdan 21 yoshgacha boʻlgan Germaniya milliy futbol jamoasida oʻynagan keyinchalik Turkiya sharafini himoya qilgan.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bavariya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ekici "Bavariya "ning asosiy jamoasi safida 2008yilda Superkubogda debyut qilgan[2]. U 2008-09 va 2009-10-yilgi mavsum UEFA Chempionlar Ligasi uchun „Bavariya“ tarkibiga kiritilgan[3]. 2010-yilning yanvarida Ekici 2009-10-yilgi mavsumning qolgan qismida zaxiradagi jamoadoshlari David Alaba va Diego Kontento[4] bilan birga asosiy jamoa bilan mashgʻulot oʻtkazishi eʼlon qilingan. U 2009—2010-yilgi mavsumda zahira jamoasi safida 29 oʻyinda 12 gol urgan[5]. Jarohat tufayli futbolni maʼlum bir muddatga tark etgunga qadar, u asosiy jamoaning bir nechta oʻyinlarida tarkibga kiritilgan.
Nürnberg (Ijara)
[tahrir | manbasini tahrirlash]2010-yil iyul oyida u 1-Bundesliga jamoasi „Nyurnberg“ga qoʻshilgan va bir mavsumlik ijara shartnomasi imozlangan[6].
Werder Bremen
[tahrir | manbasini tahrirlash]2011-yilning 18-mayida[7] Ekici 5 million yevro evaziga „Werder“ga oʻtgan[8]. U Bremendagi ilk golini 17-sentyabr kuni sobiq jamoasi darvozasiga kiritgan. Oʻyin 1-1 durang bilan yakunlangan. 2013-yil 1-sentyabrda u ikkita gol urib, jamoasini VfB Shtutgart ustidan 4:1 hisobida gʻalaba qozonishiga hissa qoʻshgan[9].
Trabzonspor
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ekici 2014-yilning 15-avgustida 1,5 million yevro evaziga „Trabzonspor“ga oʻtgan[10][11]. U 2014-yilning 31-avgustida „Kayseri Erciyesspor“ga qarshi ligadagi debyutini oʻtkazgan va oʻyin 0:0 hisobida durang bilan yakunlangan[12].
U 2016-17-yilgi mavsum oxirida shartnomasi tugagach, klubni tark etgan. „Trabzonspor“da oʻz vaqtida 83ta oʻyinda maydonga tushib, barcha musobaqalarda 16ta gol urgan[13].
Fenerbahche
[tahrir | manbasini tahrirlash]2017-yil 5-iyun kuni Fenerbahche SK Ekici bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan[14].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]U tugʻilib oʻsgan mamlakati Germaniyani yoshlar va U21 toifalarida himoya qilgan boʻlsa-da, Turkiya terma jamoasida kattalar darajasida oʻynashni tanlagan[15][16]. U Gollandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun Gus Hiddink tomonidan turk terma jamoasiga chaqirilgan. 2011-yil 29-martda Ekici Avstriyaga qarshi oʻzining birinchi yirik xalqaro oʻyinida Turkiya sharafini himoya qilgan, u oʻng qanotda turkiyalik oʻyinchi Arda Turan bilan tandem hosil qilgan, natijada Turkiya oʻyinda 2:0 hisobida gʻalaba qozongan va UEFA ligasiga yoʻlanmani qoʻlga kiritgan. 2012-yilgi saralash oʻyinlarida Ekici murabbiy Guus Hiddink bilan birga 1-oʻringa chiqib olgan[17].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Qitʼa | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Bayern Munich II | 2007-08 | Regionalliga Süd | 9 | 0 | — | — | 9 | 0 | ||
2008-09 | 3. Liga | 32 | 6 | — | — | 32 | 6 | |||
2009-10 | 29 | 12 | — | — | 29 | 12 | ||||
Jami | 70 | 18 | — | — | 70 | 18 | ||||
1. FC Nürnberg (Ijara) | 2010-11 | Bundesliga | 32 | 3 | 4 | 1 | — | 36 | 4 | |
Werder Bremen | 2011-12 | Bundesliga | 21 | 1 | 1 | 0 | — | 22 | 1 | |
2012-13 | 9 | 2 | 0 | 0 | — | 9 | 2 | |||
2013-14 | 11 | 1 | 1 | 0 | — | 12 | 1 | |||
Jami | 41 | 4 | 2 | 0 | — | 43 | 4 | |||
Trabzonspor | 2014-15 | Süper Lig | 29 | 9 | 6 | 0 | 7 | 1 | 42 | 10 |
2015-16 | 18 | 4 | 2 | 0 | 2 | 1 | 22 | 5 | ||
2016-17 | 15 | 3 | 4 | 0 | — | 19 | 3 | |||
Jami | 62 | 16 | 12 | 0 | 9 | 2 | 83 | 18 | ||
Fenerbahçe | 2017-18 | Süper Lig | 9 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 11 | 0 |
2018-19 | 21 | 3 | 3 | 2 | 1 | 0 | 25 | 5 | ||
2019-20 | 5 | 0 | 4 | 0 | 0 | 0 | 9 | 0 | ||
Jami | 35 | 3 | 9 | 2 | 1 | 0 | 45 | 5 | ||
Karyerada jami | 239 | 44 | 27 | 3 | 10 | 2 | 277 | 49 |
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Bavariya"
- Bundesliga : 2009-10
- DFB-Pokal : 2009-10
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Mehmet Ekici“ (olmoncha). 1. FC Nürnberg. 2008-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-iyul 2010-yil.
- ↑ „Borussia edge T-Home Supercup against FCB“. Bayern Munich (24-iyul 2008-yil). 2010-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyul 2008-yil.
- ↑ „Vote for your stars of 2008“. UEFA. 2008-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-sentabr 2009-yil.
- ↑ „Alaba, Ekici and Contento give it their best shot“. Bayern Munich (9-yanvar 2010-yil). 2010-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-yanvar 2010-yil.
- ↑ „Der Club leiht Ekici aus“ (olmoncha). kicker Online (2-iyul 2010-yil). Qaraldi: 5-iyun 2017-yil.
- ↑ „Der Club leiht Ekici aus“ (olmoncha). kicker Online (2-iyul 2010-yil). Qaraldi: 5-iyun 2017-yil.
- ↑ „Milli futbolcu resmen Werder Bremen'de“ (turkcha). Hürriyet (18-may 2011-yil). 2008-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-may 2011-yil.
- ↑ „Promising Turkish midfielder Mehmet Ekici to Werder Bremen“. nationalturk.com (18-may 2011-yil). 2008-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-may 2011-yil.
- ↑ „Back-back wins for Bremen“. Sky Sports (2-sentabr 2013-yil). Qaraldi: 7-iyun 2017-yil.
- ↑ „Trabzonspor Mehmet Ekici'yi borsaya bildirdi“ (turkcha). Eurosport Turkey (15-avgust 2014-yil). Qaraldi: 7-oktabr 2014-yil.
- ↑ „Mehmet Ekici, Trabzonspor için geldi“ (turkcha). Milliyet (16-avgust 2014-yil). Qaraldi: 7-oktabr 2014-yil.
- ↑ „Trabzonspor'dan sessiz başlangıç!“ (turkcha). Takvim (31-avgust 2014-yil). Qaraldi: 7-oktabr 2014-yil.
- ↑ „Ekici schließt sich Fenerbahçe an“ (olmoncha). Weser-Kurier (5-iyun 2017-yil). Qaraldi: 5-iyun 2017-yil.
- ↑ „Ekici schließt sich Fenerbahçe an“ (olmoncha). Weser-Kurier (5-iyun 2017-yil). Qaraldi: 5-iyun 2017-yil.
- ↑ „Mehmet Ekici'ye Milli Takım yolu açıldı“ (turkcha). TTF (29-oktabr 2010-yil). 2008-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-oktabr 2010-yil.
- ↑ „Mehmet Ekici Türkiye dedi“ (turkcha). ntvspor.net (29-oktabr 2010-yil). 2008-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-oktabr 2010-yil.
- ↑ „Hollanda kadrosu açıklandı“ (turkcha). ntvspor.net (12-noyabr 2010-yil). 2008-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-noyabr 2010-yil.