Matsukava (Nagano, Kitaazumi)
Matsukawa 松川村 | |
---|---|
Qishloq | |
36°25′26.3″N 137°51′16.5″E / 36.423972°N 137.854583°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
{{{mintaqa_turi}}} | Chubu viloyati |
Asos solingan | 1-aprel 1889-yil |
Maydon | 47.07 km2 (18.17 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2019-yil aprel) |
9 689 |
Zichligi | 210 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC 9:00 |
Telefon kodi | 0261-62-3111 |
|
Matsukava (yaponcha: 松川村 Matsukava-mura ) Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan qishloq. 2019-yil 1-aprel holatiga koʻra, qishloqda 3813 ta xonadonda 9689 nafar aholi istiqomat qilgan[1], aholi zichligi har kvadrat kilometrga 210 nafardan toʻgʻri keladi. Qishloqning umumiy maydoni 47,07 kvadrat kilometr (18,17 mi²) ga teng[2].
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Matsukava Nagano prefekturasining shimoli-gʻarbiy qismida, Azumidaira platosida joylashgan. Shimol va gʻarbda Hida togʻlari bilan oʻralgan.
Atrofdagi munitsipalitetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qishloq issiq va nam yoz hamda sovuq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Matsukavada oʻrtacha yillik harorat 10,1 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1278 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 23,4 °C, eng past harorati esa yanvarda, −2,4 °C atrofida boʻladi[3]
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[4], Matsukava aholisi soni uzoq vaqt oʻsishdan soʻng yaqinda kamayishni boshlagan.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1940 | 4,176 | — |
1950 | 5,912 | 41.6% |
1960 | 6,2 | 4.9% |
1970 | 6,342 | 2.3% |
1980 | 7,496 | 18.2% |
1990 | 8,337 | 11.2% |
2000 | 9,701 | 16.4% |
2010 | 10,093 | 4.0% |
2020 | 9,599 | −4.9% |
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi Matsukava hududi qadimgi Shinano viloyatining bir qismi boʻlgan va Edo davridagi Tokugava syogunati ostidagi Matsumoto domeni tomonidan nazorat qilinadigan hududning bir qismi hisoblangan. Zamonaviy Matsukava qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda munitsipalitetlar tizimini tashkil etish bilan barpo etilgan.
Taʼlim tizimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Matsukavada qishloq hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat boshlangʻich maktabi hamda bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Qishloqda yuqori maktab mavjud emas.
Transporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Temir yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sharqiy Yaponiya temir yo'l kompaniyasi — Oito liniyasi
- Hosono — Kita-Hosono — Shinano-Matsukava
Magistral yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Milliy yoʻnalish 114
Xalqaro munosabatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Matsukawa Village official statistics(yaponcha)
- ↑ „Matsukawa Village official website“ (yaponcha). Matsukawa Village. Qaraldi: 27-sentyabr 2011-yil.
- ↑ Matsukawa climate data
- ↑ Matsukawa population statistics
- ↑ „International Exchange“ (inglizcha). List of Affiliation Partners within Prefectures. Council of Local Authorities for International Relations (CLAIR). 2-yanvar 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-noyabr 2015-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy sayti (yaponcha)