Kontent qismiga oʻtish

Major

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Major (lotincha major — katta) — 1) kup ovozli kompozitorlik musiqa ijodida asosiy garmonik ladlardan biri (aksi —minor). Yevropa musiqasida 16—17-asrlardan rivoj topdi. Uning tayanch tovushlari (I, III va V pogʻonalari) katta 3 tovushli akkordnn hosil qiladi. M. tizimida bastalangan asarlarga koʻproq yorqinlik, koʻtarinkilik ruhi, "ijobiy" his-tuygʻular xosdir. M. va minor orasidagi qarama-qarshilik musiqa sanʼatining nihoyatda muhim ifoda vositalaridan; 2) keng maʼnoda — lad turi; bosh tayanch pardaga nisbatan katta tersiya intervent oraligʻida joylashgan 3- pogʻona bilan belgilanadi. Shu maʼnoda ioniy, lidiy, miksolidiy kabi tovushqator M. xususiyatiga ega. Oʻzbek anʼanaviy musiqasida, ayniqsa, miksolidiy M. koʻproq uchraydi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil