Liana Gyurjyan
Liana Gyurjyan | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavallud sanasi | 13-iyun 2002-yil |
Sport | |
Mamlakat | Armaniston |
Qaysi sport | Og'ir atletika |
Liana Gyurjyan (2002-yil 13-iyunda tugʻilgan[1]) - arman ogʻir atletikachisi. Ogʻir atletika boʻyicha Yevropa chempionatining ikki karra bronza medali sovrindori. Shuningdek, 2021-yili Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ayollar oʻrtasida 81 kilogramm vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgan[2][3].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gyurjyan Kosovo poytaxti Prishtina shahrida ogʻir atletika boʻyicha oʻtkazilgan 2017-yilda yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida 15 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida 69 kg vazn toifasida oltin medalni, Italiyaning San-Donato-Milanese shahrida boʻlib oʻtgan 2018-yilda ogʻir atletika boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida 17 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida 69 kg vazn toifasida ham oltin medalni qoʻlga kiritgan. Argentinaning Buenos-Ayres shahrida boʻlib oʻtgan 2018-yilgi yozgi oʻsmirlar Olimpiadasida qizlar oʻrtasida 63 kg vazn toifasida ishtirok etgan[4]. Oʻsha yili Turkmanistonning Ashxobod shahrida boʻlib oʻtgan ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida ayollar oʻrtasida 71 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan[5].
2019-yilda Gruziyaning Batumi shahrida boʻlib oʻtgan ogʻir atletika boʻyicha Yevropa chempionatida Gyurjyan ayollar oʻrtasida 81 kg vazn toifasida 4-oʻrinni egalladi, ammo bu asl oltin medal sohibi gretsiyalik Eleni Konstantinidi diskvalifikatsiyasi tufayli bronza medali sohibiga aylangan[6][7]. Oʻsha yili Ruminiyaning Buxarest shahrida boʻlib oʻtgan 2019-yilda ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va U23 oʻrtasidagi Yevropa chempionatida 81 kg vazn toifasida oʻsmirlar oʻrtasida oltin medalni qoʻlga kiritgan[8].
2021-yilda Rossiyaning Moskva shahrida boʻlib oʻtgan ogʻir atletika boʻyicha Yevropa chempionatida ayollar oʻrtasida 81 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritgan[9][10]. Finlyandiyaning Rovaniemi shahrida boʻlib oʻtgan 2021-yilda ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va 23 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida oʻz vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgan[11].
Gyurjyan 2022-yilda Albaniyaning Durres shahrida boʻlib oʻtgan ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va U23 oʻrtasidagi Yevropa chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan[12].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Results Book“. 2019 European Junior & U23 Weightlifting Championships. 2020-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-may.
- ↑ Oliver, Brian. „Weightlifting double for Armenia and another medal for Russia at Junior World Championships“. InsideTheGames.biz (2021-yil 29-may). Qaraldi: 2022-yil 3-sentyabr.
- ↑ „2021 Junior World Weightlifting Championships Results Book“. International Weightlifting Federation. 2021-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-iyul.
- ↑ „Weightlifting Results Book“. 2018 Summer Youth Olympics. 2020-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-may.
- ↑ „2018 World Weightlifting Championships Results Book“. International Weightlifting Federation. 2018-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-iyun.
- ↑ „Results Book“. 2019 European Weightlifting Championships. 2020-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-may.
- ↑ Oliver, Brian. „China's weightlifters power on towards Olympic glory“. InsideTheGames.biz (2020-yil 31-mart). Qaraldi: 2021-yil 23-iyun.
- ↑ „Results Book“. 2019 European Junior & U23 Weightlifting Championships. 2020-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-may.
- ↑ Oliver, Brian. „Pliesnoi boosts Olympic hopes with impressive win at European Weightlifting Championships“. InsideTheGames.biz (2021-yil 9-aprel). Qaraldi: 2021-yil 11-aprel.
- ↑ „Results Book“. 2021 European Weightlifting Championships. 2021-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-may.
- ↑ „2021 European Junior & U23 Weightlifting Championships Results Book“. European Weightlifting Federation. 2021-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-oktyabr.
- ↑ „2022 European Junior & U23 Weightlifting Championships Results Book“. European Weightlifting Federation. 2022-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-oktyabr.