Kontent qismiga oʻtish

Levi Colwill

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Levi Colwill
Colwill Angliya U-17 terma jamoasi safida, 2019-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Levi Lamar Samuels Colwill[1]
Tavallud sanasi 26-fevral 2003-yil (2003-02-26) (21 yosh)
Tavallud joyi Southampton, England
Boʻyi 6 fut 2 inches (1.87 m)[2]
Ampluasi markaziy himoyachi,
chap qanot himoyachisi[2][3]
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Chelsea
Raqami 6
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000–2021 Chelsea
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2021– Chelsea 23 (1)
2021–2022Huddersfield Town (ijara) 29 (2)
2022–2023Brighton & Hove Albion (ijara) 17 (0)
Milliy terma jamoa
2018–2019 Angliya U-16 7 (0)
2019 Angliya U-17 5 (0)
2021 Angliya U-19 3 (1)
2022– Angliya U-21 11 (0)
2023– Angliya 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2-mart uchun)

Levi Lamar Samuels Colwill (2003-yil 26-fevralda tugʻilgan) – angliyalik professional futbolchisi, Angliya Premyer-ligasining „Chelsea“ klubi va Angliya terma jamoasining himoyachisi.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Levi Lamar Samuels Colwill 2003-yil 26-fevralda Hampshire viloyatining Sautgempton shahrida tugʻilgan[4][5].

Colwillning amakilari Barry va Bayron Mason „Sholing“ jamoasi bilan 2014-yilgi FA Vase finalida gʻolib chiqishgan boʻlib, Colvill Wembley stadionida kechgan ushbu uchrashuvda maskot vazifasini bajargan. Yana bir amakisi Daniel Mason ham „Sholing“ jamoasida oʻynaydi va undan tashqari „Southampton“ klubida yordamchi ischilardan biri boʻlib ishlaydi[6][7].

Klublardagi karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Colwill dastlab Jamal Musiala bilan birgalikda Sunday LeaguedagiCity Central“ jamoasi safida oʻynagan, keyinchalik esa „Chelsea“ klubining toʻqqiz yoshgacha boʻlgan futbolchilar jamoasiga qoʻshilgan[2][8]. U londonliklar bilan birinchi professional shartnomasini 2020-yil fevral oyida, 17 yoshga toʻlgan kuni imzolagan[2].

2021-yil 25-iyun kuni Colwill Championshipning „Huddersfield Town“ jamoasiga 2021-2022-yilgi mavsum uchun ijaraga berildi[9]. Futbolchi 1-avgust kuni Liga kubogi doirasidagi „Sheffield Wednesday“ klubi bilan uchrashuvda yangi jamoasi tarkibida debyut qildi[10]. Ligadagi ilk oʻyinini esa olti kundan soʻng „Derby County“ bilan safar bahsida oʻtkazdi. 21-avgust kuni u faoliyatidagi birinchi golini kiritdi[11]. Mavsum davomida COVID-19 bilan bir qatorda bir qancha jarohatlardan ham aziyat chekdi[12]. 2022-yil 29-may kuni Colwill 2022-yilgi Championshipning pley-off bahslarining Wembley stadionida kechgan finalda „Huddersfield“ jamoasining „Nottingem Forest“ bilan bahsida avtogol muallifi boʻldi[13]. Bu oʻyindagi yagona golligicha saqlanib qoldi va yakunda jamoasi 1:0 hisobida magʻlub boʻldi[14].

2022-yilning 5-avgustida Colwill 2022-2023-yilgi mavsum yakuniga qadar boshqa bir Premyer-liga jamoasi „Brighton and Hove Albion“ bilan shartnoma imzoladi[15][16]. Ikki kundan soʻng „Manchester United“ klubiga qarshi oʻyinda debyut qildi[17]. Colwill oʻzining Premyer-ligadagi ilk oʻyinini esa 13-noyabr kuni „Aston Villa“ga qarshi oʻz uyida kechgan oʻyinda oʻtkazdi[18]. U mavsum davomida jami 13 ta oʻyinda maydonga tushdi. Ushbu yilda klub tarixida ilk bora UEFA Yevropa ligasi turniriga ham yoʻllanma oldi[19][20]. 2023-yil 1-iyun kuni „Chelsea“ „Brighton“ning Colwill uchun uchun 30 million funtlik taklifini rad etdi[21].

2023-yilning 2-avgustida Colwill „Chelsea“ klubi bilan qoʻshimcha bir yilga uzaytirish sharti bilan olti mavsumlik yangi shartnoma imzoladi[22][23]. U 13-avgust kuni londonliklar safidagi rasmiy debyutini oʻtkazdi, 2023-2024-yilgi mavsumning ochilish oʻyinida „Liverpool“ga qarshi uchrashuvda toʻliq oʻyin davomida maydonda harakat qildi[24]. 3-dekabr kuni Colwill „Chelsea“ safidagi ilk golini Premyer-liga doirasidagi sobiq jamoasi „Brighton and Hove Albion“ klubiga qarshi uchrashuvda kiritdi[25][26]. Uch kundan so‘ng u "Manchester Yunayted" bilan bahsda jamoa sardori sifatida maydonga tushdi[27].

Terma jamoadagi karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Colwill Angliya U-17 terma jamoasi bilan 2019-yilgi Syrenka Cup turnirida g'alaba qozongan[28].

2021-yil 10-noyabrda Colwill 2022-yilgi UEFA U-19 Yevropa chempionati saralashi doirasidagi Andorraga qarshi uchrashuvda Angliya U-19 terma jamoasi safida debyut qildi va ushbu o'yinda u sardor sifatida jamoasini maydonga boshlab chiqdi[29]. Olti kundan so'ng esa Shvetsiya bilan bahsda ilk golini ham kiritdi[30].

2024-yil 2-mart holatiga koʻra
Klub Mavsum Liga Angliya kubogi EFL Cup Boshqa Umumiy
Divizion O'yinlar Gollar O'yinlar Gollar O'yinlar Gollar O'yinlar Gollar O'yinlar Gollar
Chelsea U-21 2019–20[31] 2 0 2 0
2020–21[32] 3 0 3 0
Umumiy 5 0 5 0
Chelsea 2021–2022 Premyer-liga 0 0 0 0 0 0 0 0
2022–2023[33] Premyer-liga 0 0 0 0 0 0 0 0
2023–2024[34] Premyer-liga 23 1 2 0 7 0 32 1
Umumiy 23 1 2 0 7 0 0 0 32 1
Huddersfield Town (ijara) 2021–2022 Championship 29 2 0 0 1 0 2 0 32 2
Brighton & Hove Albion (ijara) 2022–2023[33] Premyer-liga 17 0 2 0 3 0 22 0
Umumiy 69 3 4 0 11 0 7 0 91 3
  1. „2023/24 Premier League squad lists“. Premier League (2023-yil 13-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 13-noyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Levi Colwill“. Chelsea F.C.. Qaraldi: 2023-yil 13-noyabr.
  3. „The real reason why Mauricio Pochettino keeps playing Levi Colwill at left-back for Chelsea“. The Chelsea Chronicle (2023-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 17-fevral.
  4. „Levi Colwill: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2023-yil 13-noyabr.
  5. „Levi Colwill: Profile“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL. Qaraldi: 2023-yil 13-oktyabr.
  6. „Levi Colwill shares surprising Wembley experience as Huddersfield Town gear up for FA Cup clash“. YorkshireLive. Reach (2022-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 29-may.
  7. „Black History Month: Staff Stories – Dan Mason“. Southampton F.C.. Qaraldi: 2023-yil 31-iyul.
  8. „Levi Colwill: Chelsea's teenage loan star out to emulate best friend Musiala“. Goal.
  9. „Levi Colwill: Huddersfield Town sign young Chelsea centre-back on season-long loan“. BBC Sport (2021-yil 25-iyun). Qaraldi: 2023-yil 13-noyabr.
  10. „Sheffield Wednesday 0–0 Huddersfield Town“. BBC Sport (2021-yil 1-avgust). Qaraldi: 2021-yil 1-avgust.
  11. „Derby 1-1 Huddersfield Town: Terriers earn point at Derby despite Covid outbreak“. BBC Sport (2021-yil 7-avgust). Qaraldi: 2023-yil 7-dekabr.
  12. „Sheffield United 1–2 Huddersfield“. BBC Sport (2021-yil 21-avgust). Qaraldi: 2021-yil 21-avgust.
  13. Johnson, Simon „Levi Colwill: 'It's not a bad thing to be called the new John Terry'“. The Athletic.
  14. „Huddersfield Town 0–1 Nottingham Forest“. BBC Sport.
  15. „Chelsea defender Levi Colwill joins Albion on loan“. Brighton & Hove Albion F.C. (2022-yil 5-avgust). Qaraldi: 2022-yil 5-avgust.
  16. „Chelsea sign Brighton defender Cucurella for £60m“. BBC Sport.
  17. Stone, Simon. „Manchester United 1–2 Brighton: Erik ten Hag suffers defeat in first Premier League game“. BBC Sport (2022-yil 7-avgust). Qaraldi: 2022-yil 10-avgust.
  18. „Mac Allister scores after 49 seconds then Villa hit back“. Brighton & Hove Albion F.C. (2022-yil 13-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 13-noyabr.
  19. „Levi Colwill: Chelsea defender on England, Roberto de Zerbi and recent praise“. BBC Sport (2023-yil 30-iyun). Qaraldi: 2023-yil 7-dekabr.
  20. Steinberg, Jacob; Hunter, Andy. „Chelsea reject £30m Brighton bid for Levi Colwill and have no plans to sell“ (2023-yil 1-iyun). Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  21. „I've got to keep playing, and playing well – Colwill“. BBC Sport.
  22. „Levi Colwill signs new Chelsea contract“ (en-gb). Chelsea F.C.. Qaraldi: 2023-yil 2-avgust.
  23. „Colwill signs new long-term Chelsea deal“. BBC Sport.
  24. „Colwill on debut pride, points to prove and amazing Pochettino“. Chelsea F.C. (2023-yil 15-avgust).
  25. Drury, Sam „Ten-man Chelsea hold on to beat Brighton“. BBC Sport. Qaraldi: 2023-yil 3-dekabr.
  26. „Manchester United 2 Chelsea 1: Is Scott McTominay a striker?“. The Athletic (2023-yil 7-dekabr).
  27. Toner, Dom „The real reason why Mauricio Pochettino keeps playing Levi Colwill at left-back for Chelsea“ (en-GB). The Chelsea Chronicle (2023-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 17-fevral.
  28. „Young Lions lift the Syrenka Cup with a penalty shootout win over hosts Poland“. The Football Association (2019-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 6-avgust.
  29. „England MU19s 4–0 Andorra“ (2021-yil 10-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 10-noyabr.
  30. „England MU19s top qualifying group“ (2021-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  31. „Games played by Levi Colwill in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2023-yil 13-noyabr.
  32. „Games played by Levi Colwill in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2023-yil 13-noyabr.
  33. 33,0 33,1 „Games played by Levi Colwill in 2022/2023“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2023-yil 13-noyabr.
  34. „Games played by Levi Colwill in 2023/2024“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2023-yil 24-dekabr.