Ladoga koʻli
Ladoga koʻli ruscha: Ладога, fin: Laatokka | |
60°50′34″N 31°27′35″E / 60.84278°N 31.45972°E | |
Mamlakat | Rossiya |
Ladoga koʻli (ruscha: Ладога, fin: Laatokka; qad. nomi Nevo) — RF Yevropa qismining shim.-gʻarbidagi koʻl. Maydoni 17,7 ming km², orollari bilan birga 18,1 ming km². Oʻrtacha chuq. 51 m, eng chuqur joyi 230 m. Koʻlda 600 ga yaqin orol (yiriklari — Mantsinsari, Valaam) bor. Koʻl oʻrni tektonik yoʻl bilan paydo boʻlgan. Iqlimi moʻtadil sovuq, fevralda havoning oʻrtacha temperaturasi — 8° dan — 10° gacha, iyulniki 16°—17°. Yiliga 550 mm yogʻin tushadi. Volxov, Svir va boshqa daryolar quyilib, Neva daryosi oqib chiqadi. Koʻl suvi chuchuk. Baliq ovlanadi. Kema qatnaydi. Koʻl atrofi hududi sanoatlashganligi munosabati bilan suvi juda ifloslanib ketgan. Ladoga koʻli boʻyida Priozyorsk, Shlisselburg va boshqa shaharlar joylashgan.[1]
Faktlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ladoga koʻli Yevropadagi eng katta chuchuk suvli koʻl hisoblanadi[2].
- Ladoga koʻliga 30 dan ortiq daryolar quyiladi va faqat bitta daryo - Neva oqib chiqadi[2].
- Koʻl nomi, 13-asrda koʻlning qirgʻogʻida joylashgan shahar nomidan olingan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |