Kontent qismiga oʻtish

Kyuri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kyuriradioaktiv izotoplar aktivligining birliklar tizimiga kirmagan birligi. P. Kyuri va M. Sklodovskaya-Kyuri sharafiga qoʻyilgan. Ku bilan belgilanadi. Izotopning bir s davomida 3,7-1010 ta yemirilish kuzatiladigan radioaktiv moddaning aktivligi 1 K. deb qabul qilingan. 1 Ku=3,7-1010 Bk (bekkerel). Amalda aktivlik birligining unga karrali boʻlgan son marta katta va kichik quyidagi qiymatlaridan foydalaniladi: kilokyuri (kKi), megakyuri (MKi), millikyuri (mKi), mikrokyuri (mkKi) va pikokyuri (pKi).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil