Kurt Georg Kiesinger
Kurt Georg Kiesinger | |
---|---|
3-GFR Federal kansleri | |
Mansab davri 1-dekabr 1966-yil – 20-oktabr 1969-yil | |
Prezident |
Genrix Lyubke Gustav Haynemann |
Oʻtmishdoshi | Lyudvig Erxard |
Vorisi | Villi Brandt |
Vitse-kansler | Villi Brandt |
3-Baden-Vyurtemberg Bosh vaziri | |
Mansab davri 17-dekabr 1958-yil – 16-dekabr 1966-yil | |
Oʻtmishdoshi | Gebxard Myuller |
Vorisi | Hans Filbinger |
XDI Lideri | |
Mansab davri 23-may 1967-yil – 5-oktabr 1971-yil | |
Oʻtmishdoshi | Lyudvig Erxard |
Vorisi | Rayner Barzel |
Bosh kotib | Bruno Xek |
Bundesrat Raisi | |
Mansab davri 1-nayabr 1962-yil – 31-oktabr 1963-yil | |
Oʻtmishdoshi | Hans Exard |
Vorisi | Georg Diderixs |
Baden-Vyurtemberg Bundestagi deputati | |
Mansab davri 14-dekabr 1976-yil – 4-noyabr 1980-yil | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
6-aprel 1904-yil Albstadt, Ebingen, Vyurttenberg, Germaniya imperiyasi |
Vafoti |
9-mart 1988-yil (83 yoshda) Tyubingen, Baden-Vyurtemberg, Gʻarbiy Germaniya |
Millati | nemis |
Siyosiy partiyasi |
1)NSDAP (1933 — 1945) 2)XDI (1948 — 1988) |
Turmush oʻrtogʻi |
Marie-Luise Schneider (turm. 1932) |
Bolalari | 2 |
Taʼlim | Tyubingen Universiteti, Fridrix Vilgelm Universiteti |
Kasbi | huquqshunos |
Dini | katolik |
Mukofotlari | |
Dafn etilgan joyi | Tyubingen shahar qabristoni |
Imzosi |
Kurt Georg Kiesinger (talaffuzi: Kurt Georg Kizinger; 1904-yil 6-aprel, Albshtad — 1988-yil 9-mart, Tübingen) — nemis siyosatchisi, "katta koalitsiya" rahbari va 1966-yildan 1969-yilgacha Germaniyaning uchinchi federal kansleri boʻlgan. 1958—1966-yillarda Baden-Vyurtemberg vazir-prezidenti. 1967-yil maydan 1971-yil oktabrgacha Xristian-demokratik ittifoqi raisi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kurt Georg Kiesinger 1904-yilda Vyurtembergning kichik Ebingen shahrida (hozirgi Albstadt tumani) ishchi oilasida tugʻilgan. Yoshligida u sheʼr yozgan, hatto kichik toʻplam ham nashr etgan. Tyubingen universitetida pedagogika, falsafa va adabiyotni oʻrgangan. U Berlin universitetida yuridik fanlar boʻyicha imtihonlarni topshirib, oʻqishni tamomlagan.
1933-yildan boshlab MSINP (NSDAP) aʼzosi[1]. Kiesinger (yaxshi maʼruzachi) Uchinchi Reyxning targʻibot vazirligida ishlagan[2]. Keyinchalik, buni koʻpchilik uni yuziga solgan[3]. Targʻibot vazirligidan Tashqi ishlar vazirligiga oʻtdi. 1944-yilda RXSA arxividan topilgan xabarchada uning hamkasblari Kiesinger „yahudiylarga qarshi siyosatni qatʼiy ravishda toʻxtatishga harakat qiladi“ deb yozishgan[4].
Urush tugagandan soʻng, boʻlajak kansler amerikaliklar tomonidan majburan ushlab turilgan. U lagerda 18 oy oʻtirgan va denasifikatsiyadan oʻtgan sifatida ozod qilingan. 1948-yilda Kiesinger XDIga (CDU) qoʻshildi va bir yildan soʻng ilk Bundestagning aʼzosi boʻldi. Uning nomzodi ham fraksiya raisi lavozimiga, ham Adenauer hukumati uchun ilgari surilgan, biroq u oʻta olmadi. Ular uni zoʻr notiq sifatida koʻrishardi. Jurnalistlardan biri unga nisbatan „kumush til podshohi“ taxallusni ham ishlatgan.
1958-yilda Kiesinger Baden-Vyurtemberg bosh vaziri boʻldi. 1962-yil 1-noyabrdan 1963-yil 31-oktabrgacha — Bundesrat raisi boʻldi. Adenauer va Erxard kabi yirik siyosiy arboblardan keyingioʻrinda turardi. Jurnalistlardan biri taʼkidlaganidek, Kiesingerning zaif tomonlaridan biri uning kuchsizligi edi.
Katta koalitsiya kansleri
[tahrir | manbasini tahrirlash]1966-yil oxirida Germaniya Federativ Respublikasi byudjetida tartibli defitstit topildi. Kansler Erxard soliqlarni oshirishni taklif qildi. Hukumat koalitsiyasidagi hamkor — Erkin demokratik partiya (EDP) bunga keskin qarshi chiqdi. Parlamentda mutlaq koʻpchilikka ega boʻlmagan CDU/CSU oʻzlariga yangi hamkorlar izlay boshladi. Kutilmaganda, muxolifatchilar, sotsial-demokratlar hukumat tarkibiga kirishga rozi boʻlishdi, lekin ular bitta shart qoʻydilar: Erxard kansler boʻlmasligi kerak edi. Ularning Adenauer-Erxard hukumatlari siyosatiga qarshi soʻnggi shiddatli munozaralari xali ham ularning esida edi. Tashqi siyosat sohasida ham pozitsiyalarning yaqinlashuvi kuzatildi. „Katta koalitsiya“ tuzishga yoʻl ochiq edi. Xristian demokratlar kanslerlikka maqbul nomzod topishlari kerak edi. Ularning nigohi Baden-Vyurtemberg bosh vaziri — Kiesingerga qaratilgan edi. U ikki tomon uchun ham mos edi, biroq salbiy tomonlari ham bor edi. Uning Natsistlar bilan bogʻliq boʻlgan oʻtmishi hali unutilmagan edi.
1968-yilda chap qanot faoli Beata Klarsfeld Gʻarbiy Berlindagi XDI qurultoyi chogʻida federal kanslerga oshkora tarsaki tushirdi va uni natsist deb atadi. Kiesinger yonoqlarini ushlab, deyarli yigʻlab, indamay sahnani tark etdi va oʻlimigi qadar bu hodisani izohlamadi. (Beate Klarsfeld bir yillik qamoq jazosiga hukm qilindi va ushbu jazo 4 oylik shartli qamoq jazosiga almashtirildi).
Oʻtgan yillar davomida toʻgʻri yoʻlga qoʻyilgan huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy tizimlar ishlab chiqarishning oʻsishi va odamlarning turmush darajasini taʼminlanishiga sabab boʻldi. Iqtisodiyot vazirlari Karl Shiller (GSDP) va moliya vazirlari Frans Jozef Strauss (XSI) moliyaviy qiyinchiliklarni tezda hal qilishdi. Valyuta zaxiralari oʻsdi. Koʻpgina davlatlar dollardan uzoqlashib, oʻz valyutalarini Germaniya markasiga bogʻlashni boshladilar. Uni Gʻarbiy Yevropa davlatlarining kelajakdagi integratsiyalashgan pul tizimining asosi sifatida koʻra boshlashdi. Sanoat avvalgi yillardagidek jadal rivojlanmadi, biroq ichki manbalar va xorijdan investitsiyalar doimiy va barqaror ravishda kirib borardi. Ishsizlik darajasi pastligicha qoldi. Ishini yoʻqotganlar uchun imtiyozlar yetarli darajada yuqori boʻlib, ularga xotirjamlik bilan yangi ish izlash imkonini berdi. Yugoslaviya, Turkiya va Afrikaning bir qator davlatlaridan mamlakatga keluvchi „mehmon ishchilar“ oqimi koʻpaydi. Ular, odatda, nemislar ishlashni istamagan joylarda ishlatilgan. Va ular mahalliy ishchilarga qaraganda kamroq maosh olardilar. Shunga qaramay, chet elliklar bundan qoniqishardi. Ular oʻz vatanlaridagidan koʻra koʻproq pul topishdi va ikki-uch yil ishlagandan soʻng vatanlariga eski biroq oʻzlariniki boʻlgan mashinalarda qaytishardi. Koʻpchilik umuman ketishni xohlamadi va malakasiz va obroʻsiz ishlardan qilishdan uyalmasdan uzoq vaqt davomida oʻz oʻrnini topishga harakat qildilar. Germaniyada uy-joy muammosi ancha oldin hal qilingan edi. Intellektual mehnat bilan shugʻullanadigan odamlarning daromadlari ularga keng kvartiralarda yoki kottejlarda yashashga imkon berardi. Ishchilar juda qulay ijtimoiy (arzon narxda sotilgan) kvartiralarni sotib oldilar va koʻpchilik oʻz uylarini (hovli) sotib oldi. Kiesinger hukumatining tashqi siyosatida baʼzi yangi lahzalar yuzaga keldi, ammo kansler tufayli emas, balki hukumatga vitse-kansler va tashqi ishlar vaziri sifatida kirib kelgan sotsial-demokratlar lideri Villi Brandt gʻoyalar tufayli. V. Brandt taʼsirida Bonn Yevropa ishlariga, Yevropa iqtisodiy hamjamiyatini mustahkamlashga eʼtibor qarata boshladi. „Sharq siyosati“da ham yangilik yuz berdi. V.Brandt Bundestagda, birinchi navbatda Sovet Ittifoqi bilan munosabatlarni yaxshilashni, ikkinchi navbatda esa ittifoqchilar bilan munosabatlarni normallashtirishni eʼlon qildi. Biroq „Sharq siyosati“da aniq qadam tashlanmadi. Bunga 1968-yil avgust oyida Sovet qoʻshinlarining Chexoslovakiyaga bostirib kirishi toʻsqinlik qildi. CDU/CSU reaksiyasi keskin salbiy boʻlib, sotsial-demokratlar ushbu bosqinni qoraladilar, ammo maʼlum bir vazminlikni ham koʻrsatdilar. V. Brand va uning hamkasblari „Sharq siyosati“ni GFR uchun nihoyatda muhim deb hisoblashar va uni boshi berk koʻchaga kirib qolishini xohlamadilar. Savdo va sanoat doiralari ham sovet sheriklari bilan aloqalarini toʻxtatmadilar. 1960-yillarning oxiriga kelib Gʻarbiy Germaniya Sovet Ittifoqi va kapitalistik mamlakatlar oʻrtasidagi savdoda birinchi oʻringa chiqib oldi.
Navbatdagi parlament saylovlari yaqinlashib qolgan edi. Xristian demokratlar „Kiesinger bilan 70-yillarda ishonch bilan“ kampaniya dasturini nashr etdilar. Kansler, agar CDU/CSU Bundestagda mutlaq koʻpchilik ovozga ega boʻlmasa, „katta koalitsiya“ni davom ettirish niyati haqida gapirdi. Sotsial-demokratlar koalitsiya haqida sukut saqladilar va xalqaro keskinlikdagi pasayish siyosatini kuchaytirishga vaʼda berib, faol kampaniya olib bordilar. Ovoz berish natijalari quyidagicha boʻldi: CDU/CSU 46,1 %, SDP esa — biroz kamroq ovoz oldi. Erkin Demokratik partiya 5 foizlik toʻsiqdan zoʻrgʻa oʻtdi. Villi Brandt va erkin demokratlar yetakchisi Valter Sheel saylovlardan soʻng birgalikda Bundestagda koʻpchilik o;rinni qoʻlga kiritgan oʻz partiyalari kansler V. Brandt boshchiligida hukumat tuzish niyatida ekanliklarini eʼlon qildilar. „Katta koalitsiya“ davri tugadi. 20 yil davomida hokimiyatda boʻlgan xristian demokratlar muxolifatga oʻtdilar, hokimiyat SPD va FDP koalitsiyasi qoʻliga oʻtdi.
Kiesinger 1971-yil oktabrgacha XDI raisi va 1980-yilgacha Bundestag deputati boʻlib qoldi.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]U 1988-yilda vafot etdi.
Mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Germaniya mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mamlakat | Sana | Mukofot | Qaydlar | |
---|---|---|---|---|
Germaniya | 1960 yil | Katta xoch kavaleri 1-darajali maxsus ijroda | Germaniya Federativ Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun ordeni | |
1956—1960-yillar | Katta xoch kavaleri Yulduzli va tasmali | |||
Baden-Vyurtemberg | 1975-yil | Baden-Vyurtemberg oldidagi xizmatlari uchun ordeni kavaleri |
Xorijiy davlatlarning mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mamlakat | Sana | Mukofot | Qaydlar | |
---|---|---|---|---|
Italiya | 1957-yil 18-noyabr | Italiya Respublikasining „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni kavaleri | ||
Ispaniya | 1964-yil | Katolik Izabella ordeni kavaleri | ||
Islandiya | 1968-yil | Islandiya lochini ordeni kavaleri | ||
Ispaniya | 1968-yil 28-oktabr | Buyuk Karlos III ordeni kavaleri |
Gallireya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kiesinger, Lyndon Johnson, Dean Rusk va Willy Brandt, 1967-yilda. | Kansler Kurt Kiesinger va AQSh Prezidenti Richard Nixon, Gʻarbiy Germaniya, 1964-yil. | Kurt Georg Kiesinger portreti (1976), Berlin kansler gallireyasi |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Kurt Georg Kiesinger
- ↑ Braunbuch, chapter „Diplomaten Ribbentrops“, 3rd Volume, Berlin, GDR 1968, https://web.archive.org/web/20101120003249/http://braunbuch.de/8-01.shtml
- ↑ Transcript of oral history interview (Wayback Machine saytida 28-dekabr 2016-yil sanasida arxivlangan), Kapitel aus: Beate Klarsfeld: Wherever they may be, 1972, Seite 26-35.
- ↑ Jürgen Klöckler: Auslandspropaganda und Holocaust. Kurt Georg Kiesinger im Auswärtigen Amt 1940—1945. In: Günter Buchstab, Philipp Gassert, Peter Thaddäus Lang (Hrsg.): Kurt Georg Kiesinger 1904—1988. Von Ebingen ins Kanzleramt. Freiburg im Breisgau/ Basel/ Wien 2005, S. 201—227, hier S. 216f.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Notiqlik qiroli Kurt Georg Kiesinger // Patrushev A.I. Germaniya kansleri Bismarkdan Merkelgacha. — M.: Moskva universiteti nashriyoti, 2009.
- VikiOmborda Kurt Georg Kiesinger mavzusi boʻyicha mediafayllar bor