Kontent qismiga oʻtish

Krurova goʻzallari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Krurova goʻzallari - neolit davriga mansub ikki ayol jasadi. Xitoylik arxeologlar Krurova hududidagi Kunchi daryosi yaqinida joylashgan ikki qad. qabrdan topishgan (1979-1980-yillar). Birinchi qabr tepasiga nur sochib turgan quyoshni eslatuvchi 6 qator doyra shaklida qoziqlar qoqilgan. Unga taxminan 20 yoshlarda vafot etgan, boshiga choʻqqi namat kuloh, oaqlarida etik, bir ayol va goʻdak dafn qilingan boʻlib, ular dagʻal namat ustida yotibdi. Jasadning ikki yonida navdalardan nafis qilib toʻqilgan, ichiga bugʻdoy solingan savatlar bor. Bu ayolning hayotlik chogʻida gʻoyatda goʻzal boʻlganligi uning yelkasiga qadar tushib turgan zarrin sochlari, uzun kipriklari, nozik lablari va qirra burnidan yaqqol koʻrinib turibdi. Ikkinchi qabrdagi ayol jasadi esa qoʻy terisi bilan kafanlanib, tik holda dafn qilingan. taxminan 40 yoshlarda qazo qilgan bu ayol ham avvalgisi kabi kiyintirilgan, yuz tuzilishi chiroyli. Uning atrofiga tosh, suyak va yogʻochdan yasalgan haykalchalar qoʻyilgan. Uning ham boshida choʻqqi namat kuloh, oyoqlarida etik, boʻylari 5 sm dan 50 sm gacha, ensalariga qadar tushib turgan sochlari esa mayda qilib oʻrilgan, koʻzlari qora va lablari qizil boʻyoq bilan pardozlangan. Ikkala ayol jasadi oʻzlari koʻmilgan zaminning qulay tabiiy shartsharoiti tufayli, goʻyo moʻmiyolangandek juda yaxshi saqlangan.

Tadqiqotlar K.g.ning qum boʻronida qolib halok boʻlganini koʻrsatdi. Shuningdek, K.g. yoshi dastlabki tekshirishlarda 6412 ( 117) yil deb belgilangan boʻlsa, keyingi chuqur tahlillar natijasida bu sana 4900-yil degan qatʼiy qarorga kelindi.

Abduxoliq Aytboyev[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil