Kriolit
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kriolit (krio... va ... lit) — 1) ftoridlar kenja sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi Na,[AlFJ. Monoklin singoniyali, plastinkasimon, rangeiz, krrdek oppoq, baʼzan qizgʻish, hatto qora rangda ham uchraydi. Shishasimon yaltiroq. Qattiqligi 2,5, zichligi 3 g/sm3. Oʻta ishqorli magmatik jinslar va ishqorli pegmatit hamda gidrotermal tomirlarda hosil boʻladi. Dunyoda sanoat ahamiyatga ega boʻlgan yagova koni Grenlandiya jan. (Ivigtut)da, shuningdek, bu mineral Kola ya. o. va Uralda ham uchraydi. Alyuminiy elektrometallurgiyasida va oyna-shisha sanoatida ishlatiladi; koʻpincha sunʼiy K.dan foydalaniladi; 2) muz va uning turli koʻrinishlarini kam ishlatiladigan nomi. [1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |