Kontent qismiga oʻtish

Klerikalizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Klerikalizm (lotincha clericalis - cherkovga oid) — jamiyatning siyosiy va maʼnaviy hayotida cherkov va dinning yetakchilik rolini taʼminlashga intilish. K. tarafdorlari oʻz taʼsirini ommaga yoyish, ularni diniy dunyoqarashga ergashtirishga, turli milliy va xalqaro uyushmalar tuzishga harakat qiladilar. Klerikallar ayrim mamlakatlar (mas, GFR, Italiya)da yirik siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, xotin-qizlar, yoshlar va boshqa jamoat tashkilotlari, oʻquv, davolash, xayriya muassasalari tashkil etgan, oʻz ommaviy axborot vositalariga ega.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil