Kontent qismiga oʻtish

Kindia

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

KindiaGvineya Respublikasining jan.-gʻarbiy qismidagi shahar. Kindia viloyatinig maʼmuriy markazi. Aholisi 60 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtasi). Kindia shosse yoʻli orqali Konakri shahri bilan bogʻlangan. Qishloq xoʻjaligi (banan, ananas, sholi, sitrus mevalar) boʻyicha hududning savdo markazi. Oziq-ovqat va yogʻochsozlik sanoati korxonalari bor. K. yaqinida yirik boksit konlari ochilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil