Kontent qismiga oʻtish

Kelis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kelis

Kelis 2010-yil 29-avgustda Manchesterdagi Manchester Pride tadbirida chiqish qilmoqda
Tavalludi
Kelis Rogers

21-avgust 1979-yil (1979-08-21) (45 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Qo'shiqchi · qo'shiq muallifi · oshpaz · restoran egasi
Faoliyat yillari 1997-yildan hozirgacha
Boʻyi 5 fut 9 dyuym (175 cm)
Turmush oʻrtogʻi

Nas (2005-yilda turmush qurgan va 2010-yilda ajrashgan)

Mike Mora (2014-yilda turmush qurgan va 2022-yilda ajrashgan)
Bolalari 3 ta
Veb-sayti kelis-official.com

Kelis Rogers (1979-yil 21-avgustda tugʻilgan) – Kelis nomi bilan tanilgan, amerikalik qoʻshiqchi-bastakor va oshpaz[1][2]. U Nyu-Yorkdagi Fiorello H. LaGuardia musiqa, sanʼat va ijro sanʼati universitetida taʼlim olgan, u yerda saksofon chalishni oʻrgangan va Garlem Qizlar Xorida faoliyat yuritgan[3][4]. Maktabni tugatgach, Rogers tez orada Gravediggaz hip-hop guruhida orqa fon qoʻshiqchisi sifatida ish boshlagan. Keyin u Pharrell Williams va Chad Hugo musiqa prodyuserlari bilan ishlashni boshlagan. Ular birgalikda Neptunes nomi bilan tanilgan boʻlib, Kelisni 1998-yilda Virgin Records guruhi bilan shartnoma imzolashga olib kelishgan[5][6].

Rogersning debyut studiya albomi „Kaleidoscope“ (1999) – 1970-yillardagi jazz va disko musiqasidan iborat edi. Tanqidchilar tomonidan maqtovga sazovor boʻlishiga qaramay, albom ichki bozorda tijorat jihatidan muvaffaqiyatsizlikka uchradi. U xalqaro chartlarda muvaffaqiyatga erishdi[7][8][9].

Rogers Brit Awards, Q Awards, NME Awards va Grammy awardsda tan olindi. Uning bosh va asosiy ijrochi sifatidagi musiqiy asarlari turli janrlarni qamrab oldi. U R&B va hip-hop ijrochilari, jumladan, 2005-yilda turmush qurgan Nas, Busta Rhymes, Outkast va Puff daddy bilan hamkorlik qilgan; elektron va raqs musiqasi prodyuserlari, masalan, Calvin Harris, Disclosure, Giorgio Moroder, Timo Maas va Richard X bilan ishlagan; pop va rok ijrochilari, jumladan, Enrique Iglesias, Duran Duran va No Doubt bilan hamkorlik qilgan; hamda Björk va Dave Sitek bilan hamkorlik qilgan. U dunyo boʻylab 6 million plastinka sotgan va Buyuk Britaniyada katta muvaffaqiyatga erishgan, bu yerda uning oʻnta singli UK Singles Chartda eng yuqori oʻntalikka kirgan[10].

Rogers Manhattandagi Harlem tumanidagi Frederik Duglasning uyida tugʻilib oʻsgan. Uning ismi otasi Kenneth (1944-2000) va onasi Evelissning ismlaridan olingan portmanto soʻzdir. Uning otasi Kenneth afro-amerikalik jazz musiqachisi va Pentacostal ruhoniysi boʻlgan, ilgari Vesleyan universitetida professor boʻlib ishlagan[11]. Uning onasi Eveliss Rogersni qoʻshiqchilik faoliyatini davom ettirishga ilhomlantirgan. Onasi xitoy-puertorikalik moda dizayneri boʻlgan. Uning ikkita opasi va bitta singlisi bor[12].

Bolalik paytida Rogers xususiy maktabda oʻqiyotgan vaqtida cherkov xorlarida kuylagan va Manhattan Davlat maktabida skripka, pianino va saksofon chalgan. 13 yoshida u sochini qirdirib tashlagan. Bir intervyuda Rogers 16 yoshida yomon xulq-atvori tufayli ota-onasi uyidan haydab yuborganini aytgan, baʼzida onasi bilan kelishmovchiliklar boʻlib turganini taʼkidlagan, ammo Fiorello X. LaGuardiya nomidagi musiqa va sanʼat hamda ijrochilik sanʼati oliygohida taʼlimini davom ettirgan[11]. U yerda u R&B uslubidagi BLU (Black Ladies United – Birlashgan Qora xonimlar) triosini tashkil qilgan. Shuningdek, u oʻrta maktabni tugatishidan oldin barmen va kiyim doʻkonida sotuvchi boʻlib ishlagan.

1997-2002: Kaleidoscope va Wanderland

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1997-yilda Kelis hip-hop guruhi Gravediggazning „The Pick, the Sickle and the Shovel“ albomidagi „Fairytalez“ qoʻshigʻida fon ovozlarini yozib bergan. Shundan soʻng, bir doʻsti Kelisni The Neptunes (Pharrell Williams va Chad Hugo) bilan tanishtirgan. Ular mustahkam aloqa oʻrnatishgan va ularning yordami bilan u Virgin Records bilan shartnoma tuzgan. Kelisning aytishicha, Virgin Records unga nashr etish gonorarlarini Williams, Hugo va uning oʻzi oʻrtasida teng taqsimlanishini maʼlum qilgan, biroq, Kelis ushbu kompaniyada chiqargan dastlabki ikki albomining sotuvidan hech qanday daromad olmagan[13][14]. Kelisning aytishicha, Williams uning yozmagan qoʻshiqlarida ham muallif sifatida koʻrsatilgan[15].


Kelis oʻzining debyut albomi Kaleidoscopeni 1998-yilning oʻrtalarida yozishni boshlagan va bir yil ichida tugatgan. The Neptunes tomonidan ishlab chiqarilgan va 1999-yilda Virgin Records tomonidan chiqarilgan „Kaleidoscope“ AQShning Billboard 200 reytingida 144-oʻrinni egallagan va Top Heatseekers reytingida birinchi beshtalikka kirgan[16]. 2006-yilga kelib, Nielsen SoundScan maʼlumotlariga koʻra, albomning 249,000 nusxasi sotilgan[17]. Uning asosiy va eng mashhur singli „Caught Out There“ Hot R&B/Hip-Hop Songs reytingida birinchi oʻntalikka kirgan va Billboard Hot 100 reytingida 54-oʻrinni egallagan[16]. Shu davrda Kelis Ol' Dirty Bastardning AQShda birinchi qirqtalikka kirgan „Got Your Money“ singlida ishtirok etgan.

Albom Yevropada yaxshiroq natija koʻrsatgan, u yerda „Caught Out There“ singli koʻpgina Yevropa mamlakatlarida muvaffaqiyatga erishgan, Buyuk Britaniyada qoʻshiq katta muvaffaqiyat qozonib, Buyuk Britaniya Singles Chart reytingida toʻrtinchi oʻrinni egallagan. „Good Stuff“ (Clipse guruhidan Terrar ishtirokida) singli 19-oʻringa koʻtarilgan; boshqa singli „Get Along with You“ uncha muvaffaqiyatli boʻlmagan, 51-oʻringa chiqqan[18]. Britaniya Fonografiya Sanoati „Kaleidoscope“ni Buyuk Britaniyada 100,000 nusxa sotilgani uchun oltin sertifikat bilan taqdirlagan, u yerda albom Buyuk Britaniya Albums Chart reytingida 43-oʻrinni egallagan[19].

2001-yilda Kelis Xalqaro Yangi Yulduz ijrochisi uchun beriladigan Brit Award mukofotini va Eng yaxshi R&B/Soul Ijrochisi uchun beriladigan NME Award mukofotini qoʻlga kiritdi, soʻngra Moby va U2 bilan Area:One va Elevation turnelarida ishtirok etdi. Oʻsha paytda Kelis va Neptunesning ijodi zamonaviy R&B yoʻnalishidagi yangiliklarni bashorat qiluvchi tarzida maqtalgan, ammo keyinchalik u shunday degan: „Men hech qachon R&B ijrochisi boʻlmaganman. Odamlar meni shunday deb atashdi, chunki, ayniqsa AQShda, agar siz qora tanli boʻlsangiz va qoʻshiq aytsangiz, demak siz R&B ijrochisisiz“. Uning kiyinishi va soch turmagi borasidagi rangbarang uslubi katta eʼtibor qozondi[20].

Kelisning ikkinchi albomi „Wanderland“ 2001-yilda Yevropa, Osiyo va Lotin Amerikasida chiqarilgan, lekin Shimoliy Amerikada 2019-yilgacha chiqarilmagan[21]. Kelisning aytishicha, Virgin Records, oʻsha paytdagi AQShdagi uning qoʻshiq yozuvchi kompaniyasi, „Kaleidoscope“ ustida ishlaganlarni ishdan boʻshatgan; ularning oʻrniga kelganlar „Wanderland“ni tan olishmagan va unga ishonishmagan. Oxir-oqibat, Kelis albomning Yevropada chiqarilishi paytlarida Virgin bilan shartnomani bekor qilgan, ammo u Yevropadagi studiyaning roʻyxatida qolgan[22][23]. Tijorat jihatdan muvaffaqiyatsiz boʻlgan „Wanderland“ Buyuk Britaniyada 78-oʻrinni egallagan; uning yagona singli „Young, Fresh n' New“ Buyuk Britaniya Singles Chart reytingida zoʻrgʻa top 40 ga kira olgan[24][18]. Toʻliq Neptunes tomonidan ishlab chiqarilgan va Clipse hamda No Doubt aʼzolari bilan hamkorlikni oʻz ichiga olgan albom, tanqidchilardan kam tanqid eshitishgan[25]. NME shunday yozgan: „Bizning jamoa xayollarimizda, Kelis Rogers allaqachon diskolik fyuchers-fank pop-rok-soulning getto-afsonaviy malikasi… Ammo uning dastlabki jozibasi ortida, katta mukofotga koʻz tikkan mashhur alterna-soul malikasi uchun bu yerda juda koʻp raqobatchilari bor“[26]. The Fader magazini keyinchalik „Wanderland“ni „Kelisning uzoq vaqt yoʻqolgan shoh asari“ deb atagan[27].

2002-yilda Kelis Red Hot tashkilotining Fela Kuti nomli musiqachisiga bagʻishlangan „Red Hot and Riot“ CD-si uchun „So Be It“ qoʻshigʻini yozgan, undan olingan barcha daromadlar AIDS haqida xabardorlikni oshirish uchun xayriya jamgʻarmalariga berilgan. Shu yili u Timo Maas tomonidan qayta ishlangan „Young, Fresh 'nʼ New“ remiksi bilan AQSh klub xitlarining top 20 taligiga kirgan[16][18]. Kelis shu yilgi Winter Music Conference nomli konferensiyada DanceStar USA mukofotlari marosimini olib bordi[24].

  1. She can be heard singing her name in the song "Blindfold Me"
  2. „Singer-turned-chef Kelis pops up in London restaurant“. TheGuardian.com (2016-yil 4-iyul).
  3. „Kelis - Biography“. Biography.com. 2016-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-aprel.
  4. „Kelis Biography“. Musicianguide.com. 2008-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-may.
  5. „Kelis | Encyclopedia.com“. Encyclopedia.com. 2019-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 4-yanvar.
  6. danielli. „Here Is A Little Bit About Kelis And Her Life Since Divorcing Nas And Living Her Best Life“. Wearemitu.com (2019-yil 27-fevral). 2019-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-fevral.
  7. Preezy. „Five Best Songs From Kelis' 'Kaleidoscope' Album“ (en). The Boombox (2014-yil 6-dekabr). 2015-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-may.
  8. „Rumble – EP by Kelis“. iTunes Store (Ireland). 2014-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-iyun.
  9. „Friday Fish Fry – EP by Kelis“. iTunes Store (US) (2014-yil 15-iyul). 2016-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-iyun.
  10. „Kelis Interview - Contactmusic.com“. Contactmusic.com (2010-yil 27-oktyabr). 2015-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-aprel.
  11. 11,0 11,1 Pool. „Question time: Kelis“. The Guardian (2007-yil 1-fevral). 2014-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 5-mart.
  12. „Kelis“. MTV UK. MTV Networks Europe. 2011-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 27-fevral.
  13. „Kelis on 20 years of staying ahead of the game“ (2019-yil 22-noyabr).
  14. „Unmasked singer: Kelis on music, men and her missing money“. TheGuardian.com (2020-yil 30-yanvar).
  15. „Beyoncé updates 'Renaissance' to remove reportedly unauthorised Kelis sample“. NME (2022-yil 3-avgust).
  16. 16,0 16,1 16,2 „Kelis“. billboard.com. 2019-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-aprel.
  17. Caulfield, Keith (November 2, 2006). „Ask Billboard“. Billboard. Nielsen Business Media, Inc. September 22, 2014da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: June 4, 2008.
  18. 18,0 18,1 18,2 „KELIS“. officialcharts.com. 2015-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 28-may.
  19. „KELIS, KALEIDOSCOPE, Gold“. British Phonographic Industry (2001-yil 2-mart). 2018-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 4-iyun.
  20. Dirshe, Siraad (August 21, 2018). „Happy Birthday, Kelis! A Look Back At Her Most Iconic Hairstyles“. Essence. April 12, 2019da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: April 12, 2019.
  21. „Kelis' Neptunes-produced record Wanderland is finally streaming“. The Fader (2019-yil 5-iyun). Qaraldi: 2022-yil 3-avgust.
  22. Rolls. „Exclusive Interview with Kelis“. MP3.com. CNET Networks, Inc. (2006-yil 24-aprel). 2009-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 4-iyun.
  23. „INTERVIEW: Kelis On... EDM's Early Days, Pop Artistry and the Importance of Never, Ever Looking Back“. self-titledmag.com. 2015-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-yanvar.
  24. 24,0 24,1 „Kelis“. eye.net. 2006-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  25. „Kelis: The comeback kid“. The Independent (2004-yil 6-may). 2018-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-sentyabr.
  26. „NME Reviews“. nme.com (2005-yil 12-sentyabr). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-aprel.
  27. „Introducing The FADER's Kelis Week“. Qaraldi: 2022-yil 4-avgust.