Kontent qismiga oʻtish

Karrada

Koordinatalari: 33°18′N 44°26′E / 33.300°N 44.433°E / 33.300; 44.433
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Karrada (arabcha: كرّادة Karrāda) Iroqning Bagʻdod shahridagi yuqori tuman. Tumanda musulmon va xristianlar aralash yashaydi. Bu hudud shaharning diniy jihatdan eng xilma-xil hududlaridan biri boʻlib, Dora bilan birga Bagʻdoddagi xristian jamoasining ikkita asosiy tumanidan biridir. Tumandagi barcha masihiy cherkovlarning aksariyati joylashgan Ichki Karradada xaldeylar, ossuriylar, melkit yunonlar va arman katoliklarining jamoatlari toʻplanishadi. Ushbu hudud tarkibida Nazoit va Masba nomli ikkita kichik tuman bor. Karrada yarim orolning shimoliy qismida joylashgan boʻlib, Dajla daryosining keskin burilish joyda joylashgan. Natijada, tumanning juda koʻp hududi sohil boʻyida boʻlib, bu omil uni muhim va qimmat tumanga aylantiradi.

Karrada tumanida bir necha yillar davomida koʻplab teraktlar sodir boʻlgan[1][2]. Portlashlar qisman shia va nasroniylarning koʻpligi va boyligi bilan bogʻliq. Bu hudud mazhabchilikdan xoli ekanligi sababli ham tumanning tub aholisi ahil yashaydi. Al-Naser Airlines aviakompaniyasining bosh ofisi Karradada, Al-Jadirya xususiy shifoxonasi yonidagi hududda joylashgan[3]. 2016-yilning 3-iyulida Ramazon oyining yakunlanishi munosabati bilan oʻtgan so‘nggi oqshomlardan birida IShID terrorchilik guruhining hududdagi terakti oqibatida 347 nafar tinch aholi halok bo‘lgan[4].

Yarim oroldagi boshqa tumanlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yarim orolda Karrada bilan birga Al-Jadriya tumani ham mavjud. Ushbu tuman kichik tuman boʻlib, yarim orolning janubiy qismida joylashgan. U yerda Dajla daryosi keskin burilib, shimoli-sharqqa qarab oqadi. Tuman ahamiyati ahamiyati undagi hayot sifati bilan bogʻliq boʻlib, tumandagi koʻchmas mulk Karrada kabi Bagʻdoddagi eng qimmat hisoblanadi[5]. 1958-yilda Bagʻdod universiteti kampusining dizayni va qurilishi ham tuman qiymatini oshirgan. Chunki universitet shaharning eng muhim joylaridan biriga aylangan hamda kampus tumanning katta qismini egallagan. Bagʻdod universiteti kampusi Gropius Valter, AIA, Lui Makmillen va The Architects Collaborativedan Robert Makmillan tomonidan ishlab chiqilgan. Shaharning Bobil nomli bitta kichik tumani bor. Ehtimol, bu nom unga tumanda joylashgan Bobil mehmonxonasi sharafiga berilgan.

  1. „Car Bombs Kill Over a Dozen in Central Baghdad’s Karrada Area“ (en). on.aol.com. Qaraldi: 2018-yil 29-mart.
  2. „Hostages die in Iraq church siege“ (en-GB). BBC News (2010-yil 1-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 29-mart.
  3. Contact Us (Wayback Machine saytida 15 February 2011 sanasida arxivlangan).” Al-Naser Airlines. Retrieved on 13 February 2011. “Main Branch: Al-Karrada , Babil Region - Distrlct 929 [sic] - St21 - Home 46 - Beside Al Jadirya Private Hospital. […] Iraq- Baghdad.”
  4. Hassan, Falih „Bombings kill more than 120 in Bagdad“. NYT. NYT.
  5. Gowen, Annie. „In postwar Iraq, housing is scarce and pricey“ (en-US). The Washington Post (2011-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 29-mart.

33°18′N 44°26′E / 33.300°N 44.433°E / 33.300; 44.433