Kontent qismiga oʻtish

Kamoliddin Oʻrinboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kamoliddin Turdimurodovich Oʻrinboyev
Камолиддин Турдимуратович Ўринбоев
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 21-avgust 1985-yil (1985-08-21) (39 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi
Millati oʻzbek
Faoliyat yillari 2007-yildan
Mukofotlari
Doʻstlik ordeni (Ozarbayjon)

Kamoliddin Turdimurodovich Oʻrinboyev — Oʻzbekiston yoshlar simfonik orkestri asoschisi, badiiy rahbari va bosh dirijyori. 2020-yil 16-iyundan hozirgi kunga qadar Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi rektori[1][2][3].

1985-yilda tug‘ilgan. Musiqiy taʼlimni Glier nomidagi musiqa akademik litseyida gʻijjak va skripka chalishni oʻrganishdan boshlagan. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining bakalavr bosqichini 2007-yilda, magistratura bosqichini 2009-yilda tugatgan. 2009-yili Chaykovskiy nomidagi Moskva davlat konservatoriyasining dirijyorlik fakultetiga oʻqishga kirdi. Sovet Ittifoqi xalq artisti Gennadiy Rojdestvenskiydan tahsil oldi[4].

Janubiy Koreyaning „Buyuk ipak yo‘li“ (koreyscha: 그레이트 실크로드), Rossiyaning „Yangi nomlar“ (ruscha: Новые имена), „Spivakov taklif qilmoqda“ (ruscha: Спиваков приглашает) tanlovlarida ishtirok etgan. Qozog‘istonda oʻtkazilgan O‘zbekiston madaniyati kunlarida qatnashgan. 1998-yilda Qirgʻizistonda boʻlib oʻtgan Xalqaro musiqa festivali laureati, 2007-yilda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari 2-xalqaro tanlovida 1-darajali diplomga sazovor boʻlgan. 2009-yilda MDHga aʼzo davlatlar mumtoz musiqa ijrochilarining „Kreml yulduzlari“ (ruscha: Кремлёвские звёзды) xalqaro festivali laureati boʻlgan[5].

Rossiya Davlat akademik simfonik orkestri, Ukraina milliy simfonik orkestri, Katta simfonik orkestri, Ippolitov-Ivanov simfonik orkestri, Brandenburg simfonik orkestri, Oʻzbekiston milliy simfonik orkestriga dirijyorlik qilgan[6].

Opera dirijyori sifatida ham Katta teatrda chiqish qilgan. „Alisher Navoiy“ va „Fidelio“ operasiga dirijyorlik qilgan[7].

2014-yilda bir guruh yosh hamfikr musiqachilar bilan birgalikda O‘zbekiston yoshlar simfonik orkestriga asos solgan[8]. 2015-yil avgust oyida "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi qarori bilan ushbu tashkilot qoshida orkestr rasman o‘z faoliyatini boshladi. 2020-yilda orkestr davlat rahbarining qarori bilan Madaniyat vazirligiga oʻtkazildi[9].

2014-yilda Kamoliddin O‘rinboyev „Oʻzbekiston belgisi“ ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Shu yil dekabr oyida Prezident Islom Karimovning farmoni bilan „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“ unvoni berildi.

2022-yil 31-avgustda Ozarbayjonning "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlandi[10].

2024-yil 24-avgustda Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan „Oʻzbekiston xalq artisti“ unvoni berildi[11].

  1. „Уринбаев Камолиддин Турдимуратович“. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi.[sayt ishlamaydi]
  2. „Kamoliddin O‘rinboyev O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi rektori etib tayinlandi“. kun.uz.
  3. „Kamoliddin O‘rinboyev Davlat konservatoriyasi rahbari bo‘ldi“. gazeta.uz.
  4. „«Три звезды» в Государственной консерватории Узбекистан/“. Национальный филармонический оркестр России (НФОР).
  5. „О фестивале «Владимир Спиваков приглашает…»“. Национальный филармонический оркестр России (НФОР).
  6. „Brandenburgisches Staatsorchester Frankfurt“.
  7. „“Chxunxyan-chjon” Koreya milliy opera namoyishi“.[sayt ishlamaydi]
  8. „Oʻzbekiston davlat simfonik orkestri tashkil etildi“.
  9. „Ўзбекистон Республикаси Маданият вазирлиги ҳузурида Ўзбекистон давлат симфоник оркестрини ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида“. LexUz.
  10. „Насиба Абдуллаевага “Озарбайжон халқ артисти” унвони берилди“.
  11. „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўттиз уч йиллиги муносабати билан фан, таълим, соғлиқни сақлаш, адабиёт, маданият, санъат соҳалари ва оммавий ахборот воситалари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“.