Juma masjidi minorasi
Juma masjidi minorasi | |
---|---|
Juma masjidi minorasining gʻarb tomondan koʻrinishi | |
Umumiy maʼlumot | |
Turi | Minora |
Manzili | „Ichan-qalʼa“ MFY, Pahlavon Mahmud koʻchasi, 19-uy |
Shahar | Xiva shahri |
Mamlakat | O‘zbekiston |
Koordinatalar | 41°22′40″N 60°21′37″E / 41.377681°N 60.360150°E |
Qurilishi tugagan | XVIII asr |
Egasi | Davlat mulkiga tegishli |
Balandligi | |
Balandligi | 42 m |
Texnik holati | |
Material | Pishiq gʻisht |
Juma masjidi minorasi – Xivadagi, tarixiy eski Ichan qalʼa shahridagi minora. Juma masjidi tarkibiga kiradi va YuNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga olingan. Juma masjid minorasi Ota darvoza va Polvon darvozani bogʻlovchi koʻcha markazida Juma masjidning shimolida joylashgan[1]. Pishiq gʻishtdan ortiqcha hashamsiz qurilgan. Ayrim joylarida koshinlardan belbogʻ shaklida bezak berilgan.
Bino
[tahrir | manbasini tahrirlash]Minora Juma masjidining shimoliy tomonida joylashgan. Minora pishiq gʻishtdan bino qilingan. Turli xil bezaklarga ega. Poydevor qismida minoraning diametri 6,2 metrni tashkil qiladi. Balandligi 42 metr[2]. Tepasi muqarnas va gumbazli sakkiz kamarli chiroq uslubida belgilangan. Minora 17-asrda eski minora oʻrniga qurilgan. Bir asr oʻtgach, 18-asr oxirida eski minora qulab tushgan. Qurilish ishlari Xiva xoni Avaz Muhammad inoq hukmronligi yillarida (hukmronligi 1790-1804) uning roziligi bilan xonlikdagi obroʻli shaxslardan biri boʻlgan Abdurahmon Mehtar tomonidan, uning xayr-ehson qilingan puli bilan Juma masjidining yonida qaytadan barpo etilgan. Masjid taxminlarga koʻra 1788-yilda qurilishi boshlangan. Minora qurilishi ham shu davrga toʻgʻri keladi. Minora yuqoriga tomon ingichkalashib boradi. Tepasiga sharafa va gʻishtdan dandana xoshiya belbogʻlar ishlangan.
Xivada bir-biridan 200 metr masofada sharqdan gʻarbga qarab choʻzilgan masofada beshta minora bor. Juma masjidining minorasi ushbu besh minoraning markazida joylashgan. Juma masjidi minorasidan gʻarbda Kalta Minor va Shoh Qalandar Bobo majmuasi minorasi, sharqda Said Sholikorbiy majmuasi minorasi va Polvon qori minorasi joylashgan.
Minoradan muazzin kuniga besh mahal azon aytib, xalqni namozga chaqirgan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Абдуллаев, М. Қадимий Хоразм тарихи ва Хоразм давлатчилиги. Tошкент: «Ўзбекистон » нашриёти, 2019 — 83-bet.
- ↑ Bobojonov D, Abdurasulov M. Firdavsmonand shahar. Xorazm Ma'mun akademiyasi nashriyoti 2008 — 56-bet.
- ↑ „Juma masjidi“. Qaraldi: 23-oktyabr 2023-yil.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Alexey Arapov: Die historischen Denkmäler Usbekistans. Taschenkt·Samarkand·Buchara·Chiva·Shahrisabz. SMI-ASIA, Taschkent 2016, ISBN 978-9943-17-075-9, Chiva, S. 92.