Jomboy shahri
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Samarqand viloyati |
Maʼmuriy markazi | Jomboy |
Rasmiy tillar | Oʻzbek |
Vaqt mintaqasi | UTC 5 |
Xaritada | |
39°41′56″N 67°5′36″E / 39.69889°N 67.09333°E |
Jomboy tumani — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi tuman. 1935-yil 9-fevralda tashkil etilgan (1962-yil 24 dekabrda Bulungʻur tumani bilan birlashtirilgan, 1970-yil 7 dekabrda qayta tuzilgan). Shimolida viloyatning Payariq tumani, Jizzax viloyati, gʻarbda Oqdaryo, Samarqand tumanlari, sharqda Bulungʻur tumani, jan.da Toyloq tumani bilan chegaradosh. Mayd. 0,55 ming km2. Aholisi 114,3 ming kishi (2000). J.t.da 8 qishloq fuqarolari yigʻini (
- Dehqonobod,
- Eski Jomboy,
- Juriyat,
- Xolvoyi,
"Sherqoʻrgʻon,
- Qangli,
- Qoramoʻyin,
- Qoʻngʻirot),
1 shahar (Jomboy) bor. Markazi — Jomboy shahri
Tuman hokimi — Sobirov Qayum Hamrayevich (2020-yildan beri). Shuningdek jomboyda "Jomboy aerodrom " mamjud
Aholisi-141 ming
Tabiati
[tahrir | manbasini tahrirlash]J.t. viloyatning jan.sharqiy qismida joylashgan, yer yuzasi past-tekislik va qirlardan iborat. Shimolida Gʻubdin togʻi va togʻ oldi tekisligi joylashgan. Iqlimi keskin kontinental. Iyulning oʻrtacha harorati i 27°, yanvarniki —2,6°. Yiliga 317 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 240 kun. Tipik boʻz tuproq, allyuvial oʻtloqi, oʻtloqi, oʻtloqi-botqoq tuproqlar tarqalgan. Tuman jan.da Zarafshon daryosi oqib oʻtadi. Sarisuv, Polvon, Oʻrta, Bulungʻur, Mirza va b. kanallari bor. Togʻ oldi qismida choʻl oʻsimliklari, tekislikda esa beshbarmoq, qirqboʻgʻim, qoʻgʻa, qamish va b. oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, chiyaboʻri, quyon, yumronqoziq, qushlardan koʻkqargʻa, bulbul, kakku, laylak va b. uchraydi. J.t. hududida Zarafshon qoʻriqxonasi joylashgan. Oʻrta asrlarda tuman hududida Bedana qoʻrigʻi deb atalgan mavze boʻlgan.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aholisi, asosan oʻzbeklar; shuningdek, tojik, tatar, rus va b. millat vakillari yashaydi.2012-yil 1 yanvar holatidagi doimiy aholi soni — 141 889 kishi, shundan shahar joylarda — 33 988 kishi (erkaklar — 16 680, ayollar — 17 308), qishloq joylarda 107 901 kishi (erkaklar — 54 354, ayollar — 53 547) Samarqand shahrigacha boʻlgan masofa — 13 km. Jomboy- Samarqand viloyatidagi qishloq tumani va tuman markazi nomi. Toponimning jom yoki yom „bekat, istehkom“ soʻzi bilan aloqasi yoʻq. Ye. Koychibayevning aytishicha, Jomboynomli toponim Qozogʻistonning Guryev oblastida ham boʻlib, etnik nom asosida vujudga kelgan. Jomboy qozoqlarning bir urugʻi nomi (Doʻsimov Z., Egamov X. Joy nomlarining qisqacha izohli lugʻati, T.: Oʻqituvchi, 1977, 62-bet).
Xoʻjaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]J. t.da 11 sanoat korxonasi, jumladan paxta tozalash zavodi, 3 ta qoʻshma korxona, (eng muhimi „Samjinteks“ Oʻzbekiston-Turkiya qoʻshma toʻqimachilik fabrikasi), qariyb 150 ta kichik korxona bor. Q.x.da paxtachilik, gallachilik, sabzavotchilik, chorvachilik bilan shugʻullaniladi. Jami yer fondi 55,9 ming ga, shu jumladan sugʻoriladigan yerlar 28,1 ming ga. Q.x.ga yaroqli yerlar 46,9 ming ga, oʻrmon fondi yerlari 2,4 ming ga. Paxta 6,2 ming ga, gʻalla 12,3 ming ga, sabzavot 350 ga yerga ekiladi. Tumanda 13 ta jamoa, 5 ta shirkat, 1 ta oʻrmon, 1 ta chorva xoʻjaligi mavjud. Tuman jamoa xoʻjaliklari va shaxsiy xoʻjaliklarda qariyb 42 ming qoramol, 20 mingga yaqin qoʻy-echki bor. Oʻrmon maydoni 277 ga. Oʻrmon xoʻjaligida asosan, terak oʻstiriladi. Tuman hududidan Toshkent—Samarqand temir yoʻl oʻtgan (17 km). Xalqaro avtomobil yoʻli 20 km. Jami 56 umumiy taʼlim maktabida 31 mingdan ziyod oʻquvchi, hunar litseyida 600 ga yaqin oʻquvchi taʼlim olmoqda. Markaziy kutubxona, markaziy bolalar kutubxonasi, 43 ta qishloq kutubxonasi, markaziy madaniyat uyi, 18 ta qishloq madaniyat uyi, klub, maishiy xizmat koʻrsatish punktlari bor. 446 oʻrinli 3 kasalxonada 198 nafar vrach boʻlib, har 10 ming nafar kishiga 17,3 nafar vrach toʻgʻri keladi. 1935-yildan „Jomboy tongi“ gazetasi nashr etiladi (adadi 1310).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |