Kontent qismiga oʻtish

Jiqtoqlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jiqtoqlar (Glareola) — baliqchilar turkumi urugʻiga mansub qushlar. Tanasining uzunligi 25 sm gacha. Tumshugʻi kalta, ogʻzining kattaligi bilan boshqa balchiqchilardan farq qiladi. 7 turi bor. Yevropa, Osiyo, Afrikada (qishda Avstraliyada ham) uchraydi. Oʻzbekistonda 2 turi yashaydi. Dalalar, choʻllar va oʻtloqlarda tarqalgan. Yozda uchib kelib, qishda uchib ketuvchi qushlardan. Odatda, toʻdalashib uya soladi. Hasharotlar bilan oziqlanadi. Chigirtka va boshqa zararkunandalarni qirib, foyda keltiradi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil