Kontent qismiga oʻtish

Javid Gamzatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Javid Shakirovich Gamzatov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya Belorussiya bayrogʻi Belarus
Tavallud sanasi 27-dekabr 1989-yil (1989-12-27) (34 yosh)
Qizilyurt, Dogʻiston ASSR, Rossiya
Sport
Qaysi sport Yunon-rum kurashi
Murabbiy(lar)i Xaybula Xaybulayev
Malik Eskendarov

Javid Shakirovich Gamzatov (1989-yil; 27-dekabr; Qizilyurt, Dogʻiston ASSR) — belaruslik Yunon-rum (klassik) kurashchi, Universiadaning bronza medali sovrindori (2013), jahon chempionatining bronza medali sohibi (2013), Rio-de-Janeyro olimpiadasining bronza medali sohibi. Belarus Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustasi (2016). Lezgin millatiga mansub[1].

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Javid Gamzatov Dogʻistonda tugʻilgan. Javidning ota-onasi Dokuzparin tumanining Qurush qishlogʻidan[2]. Qizilyurt shahridagi 1-bolalar va oʻsmirlar sport maktabida erkin kurash bilan shugʻullana boshlagan. Birinchi murabbiyi — Xaybulayev Xaybula Magomedrasulovich.

2006-yilda Belarus Respublikasiga koʻchib oʻtgan va u yerda Malik Eskendarov bilan birga mashgʻulotlarni davom ettirgan[1].

Belarus davlat universitetining yuridik fakultetini sirtdan tamomlagan[1].

Gamzatov Ulan-Batorda oʻtkazilgan birinchi jahon saralash turnirida gʻalaba qozonib, 2016yilgi yozgi olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olgan. Rio-de-Janeyrodagi olimpiadadagi ishtirokini qurʼa tashlash marosimidagi omad tufayli Javid toʻgʻridan-toʻgʻri ikkinchi davradan boshladi va xitoylik raqibi — Peng Feini ishonchli tarzda magʻlub etdi. Chorak finalda avstriyalik Amer Hrustanović magʻlub etildi. Yarim finalda Gamzatovning raqibi amaldagi jahon va Yevropa chempioni, ukrainalik Zhan Beleniuk boʻldi[3]. Butun jang davomida Javid bir ochko ham qoʻlga kirita olmadi va 0:6 hisobida magʻlub boʻldi. Uchinchi oʻrin uchun kechgan bahsda Gamzatov qiyin bahsda bolgariyalik Nikolay Bayryakovni magʻlub etdi va bronza medalini qoʻlga kiritdi. Ushbu musobaqada Javid Gamzatov Belarus terma jamoasining yunon-rum kurashi boʻyicha medal olishga muvaffaq boʻlgan yagona vakiliga aylandi. Rio olimpiadasida Belarus Respublikasi sharafini 123 nafar sportchi himoya qilgan[4].