Iztaccihuatl
Iztaccíhuatl | |
---|---|
Iztaccihuatl togʻi | |
Turi | Faol vulqon |
Joylashuvi |
Mexico va Puebla shtati, Mexico 19°10′44″N 98°38′30″W / 19.17889°N 98.64167°W |
Meksika tabiiy xaritasi |
Iztaccíhuatl (ayrim kitoblarda Ixtaccíhuatl yoki urgʻusiz yozilgan har qanday varianti beriladi), 5,230 metr (17,160 ft) ni tashkil qiladigan Meksikadagi harakatsiz vulqon togʻi, Meksika va Puebla oʻrtasidagi chegaradada, Izta-Popo Zoquiapan milliy bogʻida joylashgan. Bu Piko de Orizabadan 5,636 metr (18,491 ft) va Popocatépetl 5,426 metr (17,802 ft) keyin 5636 metr balandlik bilan mamlakatdagi uchinchi eng yuqori koʻrsatkichga ega togʻ hisoblanadi.
„Iztaccíhuatl“ nomi nahuatl tilida boʻlib, „Oq ayol“ maʼnosini anglatadi, u 'zida sharq yoki gʻarbdan uxlab yotgan ayolning boshi, koʻkragi, tizzalari va oyoqlari tasvirlangan toʻrtta alohida qorli choʻqqilarni aks ettiradi. Iztaccíhuatl oʻzining egizakgi Popocatépetl togʻining shimolida joylashgan boʻlib, u yuqori balandlikdagi Paso de Kortes bilan tutashib ketgan. Ob-havoning holatiga qarab, Iztaccíhuatlni yilning istal vaqtida Mexiko shahridan taxminan 70 kilometr (43 mi) masofadan koʻrish mumkin. Birinchi qayd etilgan koʻtarilish 1889-yilda amalga oshirilgan, ammo arxeologik maʼlumotlarga koʻra, atsteklar va avvalgi madaniyatlar davrida ham koʻtarilish sodir boʻlgan. Bu Meksikadagi doimiy qor va muzliklardan iborat eng past choʻqqi hisoblanadi.
Geologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Katta 450 km3 (110 cu mi) lik tizmadagi vulqonlari — Pleystotsen Llano Grande kalderasining janubida NNW-SSE chizigʻi boʻylab paydo boʻlgan bir-biriga oʻxshash konuslar qatoridan tashkil topgan. Choʻqqidagi yoki uning yaqinidagi teshiklar andezit va dasit pleystosen va golosen portlashi vaqtida paydo boʻlgan. El-Pecho choʻqqisining ventilyatsiyasi yaqinidagi hududlar muzlik davridan taxminan 11 000 yil avval usha davrdagi oqimlar hisobiga muz qoplamasi bilan qoplangan.
Popocatepetl va Iztacíhuatl afsonasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Atstek mifologiyasida Iztacíhuatl otasining jangchilaridan biri Popocatépetlni sevib qolgan malika edi. Imperator Popokatepetlni Oaxakadagi urushga joʻnatib, qaytib kelganida unga Iztachixuatlni xotinlikka berishga vaʼda qiladi (Iztachihuatlning otasi buni qilmaslikni taxmin qilgan). Iztachíhuatlga Popokatepetl jangda halok boʻldi, deb yolgʻon aytishdi va bu xabarga ishonib, malika qaygʻudan vafot etadi. Popokatepetl qaytib kelganida, sevgilisini oʻlganini koʻradi, u uning jasadini Tenochtitlan tashqarisidagi maydonga olib boradi va qabri yonida tiz choʻkadi. Xudolar ularni qor bilan qoplagan togʻlarga aylantiradi. Iztaccíhuatl togʻi „Oq ayol“ (Nahuatl tilida iztāc „oq“ va cihuātl „ayol“ degani) deb ataladi, chunki u chalqancha yotgan ayolga oʻxshaydi va koʻpincha qor bilan qoplangan holda boʻladi. Choʻqqi shuningdek, La Mujer Dormida nomi bilan ham ataladi, bu „Uxlayotgan ayol“ degan maʼnoni beradi. Popokatepetl esa faol vulqonga aylanadi, oʻz sevgilisini yoʻqotishdan koʻr-koʻrona gʻazab bilan portlashlar sodir qiladi[1].
Balandlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iztaccihuatl odatda 5,286 m (17,343 ft) deb roʻyxatga olinadi, ammo SRTM maʼlumotlari va Meksikaning milliy xaritalash soʻrovi uni 5,220 to 5,230 m (17,130 to 17,160 ft) gacha ekanligini tasdiqlaydi[2][3]. Global vulkanizm dasturiga koʻra vulqon balandligi 5230 5,230 m (17,160 ft) ga teng.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Puebla tomondan Iztaccíhuatl
-
Tiz atrofida (5,000 m (3.1 mi)) Iztaccíhuatl
-
Togʻ yonbagʻirlarida oʻrmon yongʻinlari
-
Izta togʻi tizmasidan Piko de Orizaba tomon koʻrinish
-
Togʻdagi boshpanadan keyin Iztaccihuatl tizmasi
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Shimoliy Amerikaning togʻ choʻqqilari roʻyxati
- Meksikaning togʻ choʻqqilari roʻyxati
- Meksikadagi vulqonlar roʻyxati
- Meksika ultralari roʻyxati
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „The Legend of Popocatépetl and Iztaccíhuatl“. Online guide to Mexico.
- ↑ „Elevaciones principales - Puebla“ (es). Instituto Nacional de Estadística, Geografía e Informática. 2012-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 17-mart.
- ↑ „Lo más y lo menos del territorio de México - Montañas (más altas)“ (es). Instituto Nacional de Estadística, Geografía e Informática. 2012-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 22-fevral.