Ixtisos
Ixtisos — inson tomonidan hayotning muayyan sohasi boʻyicha maxsus tay-yorgarlik yoʻli bilan hosil qilingan nazariy bilim, amaliy koʻnikma va malakalar majmui. I. kishiga turmushning moddiy va maʼnaviy sohasida biror ishni bajarish hamda shu yoʻl bilan oʻz tirikchiligini taʼminlash imkoni-yatini beradi. I. kasb, mutaxassislik singari tushunchalarga nisbatan torroq maʼnoda qoʻllanadi va muayyan kasb yoki mutaxassislikning biror sohasini anglatadi. Maye: kasbi — ilmiy xodim, mutaxassisligi — filolog , I.i—adabiyotshunos kabi.
Kasb, mutaxassislik va I.ning paydo boʻlishi va taraqqiy etishi tarixiy harakterga ega. Yangi i.ch. sohalarining vujudga kelishi, texnikaning taraqqiy etishi, shu jumladan, biror texnologik jarayonning boshqasiga almashinishi bilan yangi kasb, mutaxassislik va I.lar paydo boʻladi. I.ch. va inson turmushining chuqur I.lashuvi mehnat taqsimotining tobora ijodiy qiyofa kasb etib borayotganidan dalolatdir. Oliy va oʻrta maxsus, kasbhunar taʼlim tizimida I. roʻyxati (klassifikator) boʻyicha taʼlim jarayonining oʻquv dastur va rejalari tuziladi. Oliy va oʻrta maxsus, kasbhunar oʻquv yurtlari faoliyati ana shu reja hamda dasturlar asosida tashkil etiladi. Ularni bitirgan kishilarga muayyan I.lik beriladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |