Ivan Bek
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Ivan Beck | ||
Tavallud sanasi | 29-oktyabr 1909-yil | ||
Tavallud joyi | Belgrad, Serbiya | ||
Vafot sanasi |
2-iyun 1963-yil (53 yoshda) | ||
Vafot joyi | Sète, Fransiya | ||
Boʻyi | 1.96 m | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1925—1928 | BSK Belgrad | 50 | (51) |
1928 | FK Mačva Šabac | ||
1928—1931 | FC Sète | ||
1931—1932 | Urania Genève Sport | 16 | (16) |
1932—1935 | FC Sète | 69 | (33) |
1935—1939 | Saint-Étienne | 109 | (93) |
1940—1943 | Nîmes | ||
1943—1944 | AS Aix | ||
Milliy terma jamoa | |||
1927—1931 | Yugoslaviya | 8 | (4) |
1935—1937 | Fransiya | 5 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Ivan „Ivica“ Bek (talaffuzi: Ivan Bek) (1909-yil 29-oktyabr — 1963-yil 2-iyun), fransuz-yugoslav futbolchisi. U 1928-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida Yugoslaviya terma jamoasi tarkibida maydonga tushgan[1].
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bek Serbiya poytaxti Belgradning Chubura tumanida tugʻilgan. Uning otasi nemis, onasi chex millatiga mansub boʻlgan. 16 yoshida u Belgradning BSK klubida oʻynay boshlagan va jamoa tarkibida 50 ta oʻyinda 51 ta gol urgan. 1928-yilda Bek Mačva jamoasiga koʻchib oʻtgan va oradan biroz vaqt oʻtib Fransiyaning Sète klubiga oʻtgan. Birinchi mavsumida u jamosi bilan kubok finaliga qadar yetib borgan, ammo Monpellierga qarshi oʻyinda 2:0 hisobida magʻlub boʻlishgan. Keyingi yil kubok finalida RC Francega qarshi oʻyinda Sete gʻalaba qozongan (3-1) Bek qoʻshimcha daqiqalarda ikkita hal qiluvchi golni kiritgan. Toʻrt yil oʻtgach, xuddi shu klub bilan Bek Fransiyada dublni qoʻlga kiritgan. Bek Urugvayda boʻlib oʻtgan birinchi FIFA jahon chempionatida Yugoslaviyaga toʻrtinchi oʻrinni egallashiga yordam bergan. Bek va uning jamoasi Belgraddan Marselga poyezdda yoʻl olgan. Ular Marselga kelgach, ikkinchi toifali ekipaj kemasida Urugvayga yoʻl olishgan[2].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalqaro miqyosda Bek Yugoslaviya Qirolligi (yetti oʻyin, toʻrtta gol) va Fransiya (beshta oʻyin) sharafini himoya qilgan. Yugoslaviya terma jamoasi safida u 1927-yilda Bolgariyaga qarshi oʻyinda (2:0) debyut qilgan. 1928-yilda Amsterdamda boʻlib oʻtgan Olimpiya turnirida qatnashgan va 1930-yilda Yugoslaviya terma jamoasi safida oʻtkazilgan futbol boʻyicha Jahon chempionatida uchta gol urgan. 1933-yilda Bek Fransiya fuqaroligini olgan va oʻz ismini Ivan Bek deb oʻzgartigani. 1935-yil fevral oyida u birinchi marta Fransiya terma jamoasidan chaqiruv olgan.
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]# | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 1930-yil 14-iyul | Estadio Gran Parque Central, Montevideo, Urugvay | Braziliya | 2-0 | 2-1 | 1930 FIFA Jahon chempionati |
2 | 1930-yil 17-iyul | Estadio Gran Parque Central, Montevideo, Urugvay | Boliviya | 1-0 | 4-0 | 1930 FIFA Jahon chempionati |
3 | 3-0 |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]FC Sète
- Fransiya chempioni: 1934-yil
- Fransiya kubogi: 1930, 1934
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ivan "Ivica" Bek“. Olympedia. Qaraldi: 17-sentabr 2021-yil.
- ↑ https://www.transfermarkt.world/ivan-bek/profil/spieler/316536