Kontent qismiga oʻtish

Itterbiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
70
Иттербий
Yb
173,054
4f146s2

Itterbiy (lot. Ytterbium), Yb - mendeleyev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element, lantanoidlarga kiradi. Tartib rakami 70, atom massasi 173,04. Tabiiy Itterbiy 7 ta barqaror izotopdan tashkil topgan. 168Yb (0,14%), 17°Yb(3,03%), 171Yb(14,3%), 172Yb(21,82%), mYb(16,13%), 174Yb(31,84) va 176Yb (12,73%). Birikmalarda 2,3 valentli, atom radiusi 0,193 nm, ion radiusi (qavslarda koordinatsiya sonlari koʻrsatilgan) Yb3 0,101 nm (6), 0,107 nm (7), 0,113 nm (8), 0,118 nm (9), Yb2 0,116 nm (6), 0,122 nm (7), 0,128 nm (8). 1978-yilda shved kimyogari Itterbiy Marinyak Shvetsiyaning Itterbyu (Ytterby) qishlogʻida tarkibida Itterbiy boʻlgan element topganligi uchun bu yangi elementga Itterbiy nomi berilgan. Itterbiy — siyrak element, yer poʻstidagi miqdori massa jihatidan 3,3-10~5%, dengiz suvlarida esa 5,2-10~7 mg/l ni tashkil etadi. Nodir elementlar bilan birgalikda bastnezit, monatsit, fergyusonit, ksenotim, gadolinit va b. minerallar tarkibida uchraydi. Itterbiy — oqish kulrang metall. Zichligi 7,02 g/sm3. Suyuqlanish temperaturasi 824°, qaynash tempaturasi 1211°, Brinell boʻyicha kattikligi 343 MPa. Havo taʼsirida sekin, 400° da tez oksidlanib, oksid va karbonat aralashmasini hosil qiladi. Mineral kislotalar bilan xona temperaturasida reaksiyaga kirishadi. Issiq suvda havo taʼsirida sekin oksidlanadi. Qizdirilganda galogenlar bilan birikadi. Itterbiy (P)-oksid Yb2O3 — kub pan-jarali rangsiz kristall modda. Zichligi 9,213 g/sm3 5000 MPa bosim ostida 823 K da monoklin modifikatsiyagaoʻtadi. Zichligi 10,00 g/sm3. Itterbiyning oksalat, nitrat va b. tuzlarini 800— 1000° da parchalab olinadi. Maxsus keramik mahsulotlar, lyuminoforlar olishda qoʻllaniladi. Itterbiy boshqa nodir elementlar bilan aralashmada poʻlat uchun kaytaruvchi va modifikator sifatida ishlatiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil