Kontent qismiga oʻtish

Prajagraj

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ilohoboddan yoʻnaltirildi)

Ilohobod, Ollohobod — Hindistoning shim.dagi shahar, UttarPradesh shtatida, Jamna daryosining Gang daryosiga quyilish yerida joylashgan. Aholisi 806 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Shahar oʻrtasidan oʻtgan temir yoʻl uning koʻhna qismini yangi qismidan ajratib turadi. Ilohobodning zamonaviy qismida yangi turar joy mahallalari, oziq-ovqat, tamaki, oyna sanoati korxonalari joylashgan. Diniy marosim buyumlari ishlab chiqariladi. Universitet (1887 yil) bor. Ilohobod — hindularning diniy bayram oʻtkazadigan va ziyoratgoh joyi. Musulmon va hindu meʼmoriy yodgorliklari koʻp, jumladan podsho Ashoka davridan (mil. av. 242 yil) qolgan tosh ustunlar, katta "Xusrav bogʻi" (bu bogʻda podsho Jahongirning oʻgʻli Xusravning makbarasi bor, 17-asr) va b. Ilohobodning bunyod etilgan vaqti nomaʼlum. Qad. Hindistonda u Prayaga deb atalgan. Akbarshoh Prayaga yaqinida 1583 yilda Ilohobod qalʼasini qurdirgan; shu vaktdan shahar ham Ilohobod deb atala boshlagan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil