Ilek
Qiyofa
Ilek | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 623 |
Maydoni | 41 300 km² |
Suv sarfi | m³/s |
Davlat | Qozogʻiston va Rossiya |
Ilek |
Ilek (qozoqcha: Елек, Elek, ruscha: Илек) — Qozogʻiston va Rossiya Federatsiyasidagi daryo. Ural daryosining chap irmogʻi. Uzunligi 623 km. Havzasining mayd. 41300 km2. Mugʻojar togʻining gʻarbiy yon bagʻirlaridan boshlanadi. Oʻrtacha suv sarfi qariyb 40 m3/sek. Dare qayirlari oʻtzor, changalzor va oʻrmonlar bilan qoplangan. Asosan, qordan toʻyinadi. Noyabrning 2-yarmida muzlab, aprel ning 2-yarmida muzdan boʻshaydi. Asosiy irmogʻi — Xobda. I. sohilida Oqtoʻba sh. joylashgan. I. hav-zasida fosforit konlari bor.[1]