Ikkinchi fitna
Ikkinchi fitna | ||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Islomiy fuqarolar urushlarining ikkinchisi | ||||||||
Xalifalikda fuqarolar urushi avjiga chiqqan paytda (686-yil) uch raqib taraf boshqaruvidagi hudud Umaviylar boshqaruvidagi hudud
Zubayridlar boshqaruvidagi hudud
Zubayr tarafdorlari boshqaruvidagi hudud
Muxtor boshqaruvidagi hudud
Xorijliklar boshqaruvidagi hudud | ||||||||
| ||||||||
Raqiblar | ||||||||
Umaviylar | Zubayridlar | Alichilar | ||||||
Qoʻmondonlar | ||||||||
Yazid I Muslim ibn Uqba Umar ibn Saʼad (686) Marvon I Abdulmalik ibn Marvon Ubaydulloh ibn Ziyod (686) Husayn ibn Numayr (686) Hajjoj ibn Yusuf |
Abdulloh ibn az-Zubayr (692) Musʼab ibn az-Zubayr (691) Ibrohim ibn al-Ashtor (691) Muhallab ibn Abi Sufra (dushman tarafga oʻtgan) |
Husayn ibn Ali (680) Sulaymon ibn Surod (685) Muxtor al-Saqafiy (687) Ibrohim ibn al-Ashtar (dushman tarafga oʻtgan) |
Ikkinchi fitna yoki Ikkinchi islomiy fuqarolar urushi – Umaviylar xalifaligining ilk yillarida Islom dunyosida sodir boʻlgan siyosiy va harbiy tartibsizlik va mojarolar.[1] Urush 680-yilda birinchi umaviy xalifa Muoviya I oʻlimi ortidan boshlanib, taxminan 12 yilga choʻzilgan. Bu davrda Umaviylar sulolasi ularning hukmronligiga tahdid soluvchi ikki raqib tarafni yoʻq qilishga kurashgan. Umaviylarga bir tomondan Husayn ibn Ali hamda uni qoʻllovchilar, jumladan, Sulaymon ibn Surod va Muxtor al-Saqafiylar, ikkinchi tomondan Abdulloh ibn az-Zubayr tahdid solgan.
Urush tomirlari Birinchi fitnaga borib taqaladi. Uchinchi xalifa Usmon ibn Affon oʻldirib ketilganidan keyin, musulmon dunyosi yetakchiligi uchun Ali va Muoviya kurashdi. 661-yilda Ali oʻldirib, oʻsha yili vorisi Hasan ibn Ali hokimiyatdan voz kechganidan keyin, Muoviya xalifalikning yagona yetakchisiga aylandi. Muoviya oʻgʻli Yazid Ini voris qilib koʻrsatishi koʻpchilikka maʼqul kelmadi. Muoviya vafot etganidan keyin vaziyat keskinlashdi. Kufadagi Ali tarafdorlari Husayn ibn Alini umaviylarni agʻdarishga chaqirdi, ammo Husayn 680 yilning oktabrida Kufaga ketayotganida oz sonli jangchisi bilan Karbalo jangida halok boʻldi. 663-yilning avgustida Yazid armiyasi Madinada isyonchilarga hujum qildi va Makkani qamal qildi. Makkada Yazidga qarshi Abdulloh ibn az-Zubayr hukmronlik qilayotgan edi. Noyabr oyida Yazid vafot etganidan keyin, qamal toʻxtatildi va Suriyaning ayrim hududlaridan boshqa yerlarda umaviylar hukmronligi tugatildi. Aksar viloyat Ibn al-Zubayrni xalifa deb tan oldi. Sulaymon ibn Surod yetakchiligidagi „pushaymon“ harakati yuzaga kelishi ortidan Kufada Husayn vafoti uchun qasos olishni talab qilgan bir necha Ali harakatlari paydo boʻldi. Bu harakatlarni 685-yilning yanvarida Ayn al-Varda jangida umaviylar barbod qildi. Buning ortidan Kufani Muxtor qoʻlga oldi. Uning kuchlari 686-yilning avgustida sodir boʻlgan Xazir jangida yirik umaviy armiyasini tor-mor qilgan boʻlsa-da, bir necha jang ortidan 687 yilning aprelida Muxtorni va uning sheriklarini zubayridlar oʻldirdi. Abdulmalik ibn Marvon yetakchiligida umaviylar Iroqda Maskin jangida zubayridlar ustidan gʻalaba qozonib, 692-yil Makka qamalida Ibn az-Zubayrni oʻldirishi ortidan xalifalik boʻylab hukmronlikni qayta qoʻlga olishdi.
Abdulmalik ibn Marvon xalifalikning maʼmuriy tizimida muhim islohotlarni amalga oshirdi. Jumladan, xalifa vakolatlarini oshirdi, armiyani qayta tuzdi hamda hukmronlarni arablashtirdi. Ikkinchi fitna davomida Islom dinida firqalarga boʻlinish kuchaydi, keyinchalik sunniy va shia yoʻnalishlari asosiga aylangan taʼlimotlar yuzaga keldi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ P. J. Bearman, ed (2000). "Umayyads" (inglizcha). The Encyclopedia of Islam. X. Leiden—New York: E. J. Brill. 840-847 b.