Ibn Taymiyya
Bu maqola ayni damda faol tahrirlanyapti. Iltimos, mazkur ogohlantirish xabari sahifadan olib tashlanmagunga qadar sahifaga oʻzgartirishlar kiritmay turing. Aks holda, tahrirlar toʻqnashuvi yuz berishi mumkin. Bu sahifa oxirgi marta 01:03, 5-oktyabr 2024 (UTC) (44 kun avval) da tahrir qilingan. |
Ibn Taymiyya | |||
---|---|---|---|
ٱبْن تَيْمِيَّة | |||
Unvoni | Shayx al-Islom | ||
Shaxsiy maʼlumotlar | |||
Tavalludi |
22-yanvar 1263-yil CE 10-Rabi' al-Awwal 661 AH | ||
Vafoti |
26-sentabr 1328-yil CE 20-Dhu al-Qa'da 728-yil AH | ||
Dini | Islom | ||
Fuqarolik | Harron, Mamluk Saltanati (bugungi kundagi Turkiya) | ||
Mazhab | Hanbaliy | ||
Maktab | Sunniy | ||
Oqim |
Ahl al-Hadis Ahl al-Asar | ||
Mashhur ish(lar)i |
|
Ibn Taymiya(arabcha: ٱبْن تَيْمِيَّة) — musulmon sunniy ulamo, faqih, muhaddis, asket. Marj al-Safar jangida Gʻozonxon bilan diplomatik aloqalar oʻrnatish ishlarini olib borgan. Hanbaliy mazhabining qozisi, oddiy xalqning avliyolarga ilohiy kuch isbot qilishi va ularning qabirlarini ibodat makonlariga aylatirish amallarini qattiq qoralashi oqibatida Ibn Taymiyya oʻz zamonining hukmdorlari va ulamolari orasida muxolifatchi sifatida tanilgan, va shu sababli bir necha bor qamoqqa olingan.
Oʻzining va undan keyingi davrlarning bahsli figurasi boʻlib[1][2], Ibn Taymiyya o'rta asr ulamolaridan kech sunniy islomga eng ta'sirli shaxslardan biri sifatida e'tirof etiladi. U yana shiddatli diniy polemikalarda ishtirok etish bilan taniladi. Asosan kalom ilmi tarafdorlarini tanqid qilishi, xususan, ash'ariy va moturidiy maktablarga qattiy raddiyalar berishi, va asariylik tarafini himoya qilishi bilan mashhur. Bu doimiy polemikalar natijasida Ibn Taymiyyaga qarshi taraf uni va uning shogirdlarini antropomorfizmda ayblashadi. Bu uning kitoblari taqiqlanishiga, va o'zini bir necha bor hibsga olinishiga olib keladi[3][4][5].
Ibn Taymiyya oʻzining risolatlarida aql va vahiy oʻrtasida hech qanday ziddiyat yoʻqligini ta'kidlab, aqidaviy masalalarini falsafadan asosiy shart sifatida foydalanishni qattiy qoralagan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Winter, Tim. The Cambridge companion to classical Islamic theology. Cambridge ; New York: Cambridge University Press, 22-may, 2008-yil — 84-bet. ISBN 978-0-521-78058-2.
- ↑ Rapoport, Yusuf; Ahmed, Shahab. Ibn Taymiyya and his times. Karachi: Oxford University Press, 1-yanvar, 2010-yil. ISBN 9780195478341.
- ↑ Sinani, Besnik. Post-Salafism: Religious Revisionism in Contemporary Saudi Arabia, 10-aprel, 2022-yil.
- ↑ Haynes, Jeffrey; S. Sheikh, Naveed. The Routledge handbook of religion, politics and ideology. Abingdon, Oxon ; New York, NY: Routledge Taylor & Francis Group, 2022-yil — 180-bet. ISBN 978-0-367-41782-6.
- ↑ Esposito, John L.; Nettler, Ronald L.. The Oxford encyclopedia of the Islamic world. New York, N.Y: Oxford University Press, 2009-yil. ISBN 9780195305135.