Hishom ibn Urva
Hishom ibn Urva arabcha: هشام بن عروة | |
---|---|
Hishom ibn Urva ibn Zubayr ibn al-Avvom ibn Xuvaylid al-Qurayshiy al-Asadiy | |
Tavalludi |
taxminan milodiy 680 |
Vafoti |
taxminan milodiy 763 Bagʻdod |
Fuqaroligi | Damashq xalifaligi va Abbosiylar |
Kasbi | roviy |
Dini | Islom |
Turmush oʻrtogʻi | Fotima binti Munzir |
Otasi | Urva ibn Zubayr |
Hishom ibn Urva (arabcha: هشام بن عروة; tax. 680–763) — atoqli hadis roviyi.
Hishom ibn Urva hijriy 61-yilda (milodiy 680) Madinada tugʻilgan[1]. Otasi Urva ibn Zubayr Zubayr ibn Avvom va Asmo binti Abu Bakrning oʻgʻli, onasi esa nomaʼlum joriyalardan boʻlgan[2].
Hishom Fotima binti Munzirga uyalangan va ularning Zubayr, Urva va Muhammad ismli farzandlari boʻlgan[2].
Hishom ibn Urva ishonchli va qatʼiy, hadislari koʻp, obroʻli roviylardan deb taʼriflanadi. U otasi Urva, xotini Fotima hamda Vahb ibn Kaysonlardan hadislar rivoyat qilgan[2]. Uning shogirdlari orasida Molik ibn Anas ham bor edi. Muhammad ibn Umar al-Voqidiy Hishomdan hadislar tinglagan[2]. Hishom vafot etganida al-Voqidiy atigi 16 yoshda boʻlgan[2].
Yaʼqub ibn Shayba Hishomni Iroqqa koʻchib oʻtgandan keyin ishonchsiz hadislar rivoyat qilgan deya taʼriflaydi. Zahabiyning soʻzlariga koʻra, Hishomning xotirasi qarilik tufayli pasayib ketgan[3].
Hishom ibn Urva hijriy 146-yilda (milodiy 763) Bagʻdodda vafot etgan[2][1].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Ibn Hajar, Tahdhib, xi, 51: see also Al-Dhahabi, Mīzān al-I’tidāl.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 Muhammad ibn Saʼd. The Men of Madina Volume II. Translated by Aisha Bewley. London: Ta-Ha (2000).
- ↑ Little, J. J. The Hadith of ʿĀʾišah’s Marital Age: a Study in the Evolution of Early Islamic Historical Memory. University of Oxford, 2022.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiiqtibosda Hishom ibn Urvaga tegishli iqtiboslar mavjud. |