Kontent qismiga oʻtish

Hiloliy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hiloliy
Tavalludi 1470
Vafoti 1529
Hirot
Kasbi shoir
Ijod qilgan tillari Fors tili
Fuqaroligi Shayboniylar davlati

Hiloliy (taxallusi; toʻliq ismi: Mavlono Badriddin Hiloliy Chigʻatoiy)(tax. 15-asr 70-yillari, Astrobod — 1529, Hirot) — fors shoiri.

1491-yil Hirotga kelib, Jomiy va Navoiy homiyligida ilmu ijod bilan shugʻullangan. Buyuk fors-tojik shoiri. "Tuhfai Somiy" ("Somiy tuhfasi") asarida Sommirzo ham uning ajdodlari chigʻatoy turklaridan boʻlib, Astrobodga borib muqim boʻlib qolganligi haqida maʼlumot beradi. Dastlab Hiloliy (hilol — yangi oy) taxallusi bilan ijod qilgan, uning sheʼriy salohiyati yuksakligini koʻrgan Navoiy unga Badriy (badr— toʻlin oy) taxallusini taklif qilgan. Shundan keyin u har ikkala taxallusda ijod qilib, Badriddin Hiloliy nomi bilan mashhur boʻlgan. Sheʼrlarida haqiqiy va majoziy maʼnolarni mahorat bilan omuxta qilgani, ilohiy va dunyoviy ishqni hassoslik bilan kuylagani uchun oʻz davrining Hofizi Sheroziysi deb nom chiqargan. Ubaydullaxon Hirotni bosib olganda, xalqqa, ilmu adab ahliga jab-ru zulm oʻtkazganini koʻrgan H. unga qarshi 2 ta hajviy ruboiy yozgan. Bundan xabar topgan xon uni qatl ettirgan.

H.ning bizgacha sheʼriy devoni, 3 dostoni va qofiya ilmiga oid risolasi yetib kelgan. Devondan shoirning 421 gʻazal, 4 qasida, 11 qitʼa, 32 ruboiy, bittadan muxammas, chiston va soqiynomasi oʻrin olgan. "Shoh va dar-vesh" dostonida majoziy ishq bosqichlari ramzu timsollar vositasida tal-qin etilgan. Lekin shohni — maʼshuq, darveshni — oshiq sifatida tasvir-lagani uchun Bobur bu asarni "Bobur-noma"da tanqid qilgan. "Sifot ul-oshiqin" ("Oshiqlik sifatlari") dos-toni axloqiy-taʼlimiy mazmunda boʻlib, "Xamsa"larning ilk dostonlari — Nizomiyning "Maxzan ul-as-ror", Dehlaviyning "Matlaʼ ulanvor", Jomiyning "Tuqfat ul-ahror", Navoiyning "Hayrat ul-abror" dostonlariga tatabbuʼ tarzida yozilgan va u ham salaflari asarlari kabi 20 bobdan iborat. "Layli va Majnun" dostoni ham ushbu xamsanavislarning shu nomli dostonlariga tatabbuʼ hisoblanadi.

Alisher Navoiy va Husayn Boy-qaro vafotidan keyin Hirotda vaziyatning yomonlashuvi, toju taxt talashlari, shaharning safaviylar va shayboniylar tomonidan istilo qilinishi, vayrongarchiliklar, xalq boshiga tushgan ogʻir kulfatlar, ilmu hunar egalarining toʻrt tomonga tarqab ketishi shoir sheʼrlarida charxu falakdan, taqdirdan, zamondan, odamlardan shikoyat, norozilik koʻrinishida oʻz aksini topgan. Sheʼrlari anʼanaviy mavzularda boʻlib, ularda ishqu muqabbat avj pardalarda tarannum etilgan, in-soniy kamolot masalalari badiiy talqinini topgan. H. Sharq sheʼriya-tida mavjud badiiy sanʼatlardan mahorat bilan foydalanib, sheʼrlarining badiiy goʻzal va taʼsirchan boʻlishini taʼminlagan.

50 dan ortiq gʻazallari "Shashmaqom" tarkibidan joy olgan. Ogahiy uning "Shoh va darvesh" dostonini oʻzbek tiliga tarjima qilgan[1][2].

  1. Alisher Navoiy. Majolis unnafois (Mukammal asarlar toʻplami), 13-jild, Toshkent, 1997. 
  2. Homidiy H. Koʻhna Sharq dargʻalari, Toshkent, 1999.