Kontent qismiga oʻtish

Herbert Brown

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Herbert C. Browndan yoʻnaltirildi)
Gerbert C. Braun
Tavalludi
Gerbert Brovarnik

1912-yil 22-may
London, Angliya, Buyuk Britaniya
Vafoti 19-dekabr 2004[1]
Lafayette, Indiana, AQSh
Fuqaroligi Amerika
Taʼlimi Chikago universiteti,
Purdue universiteti
Mukofotlari Yuz yillik mukofot
Uilyam X. Nikols medali
Elliott Cresson medali
Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti
Priestley medali
Perkin medali

Herbert Charles Brown (1912.22.5, London – 2004.19.12, Lafayette, Indiana, AQSh) – Amerika kimyogari. AQSH Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi (1957-yildan).Kimyoga oid asosiy tadqiqot ishlari bor. Diboranni sintez kilishning oddiy usulini ishlab chiqgan. Toʻyinmagan organik birikmalarni gidroborirlash reaksiyasini kashf etgan (1959). Trimetilbor yoki diboran hosilalarining aminga qoʻshilishini tadqiq qila turib, molekuladagi sterik kuchlanishni miqdoriy usulda oʻrganish nazariyasiga asos solgan. Amerika sanʼat va fan akademiyasi aʼzosi (1966-yildan), Nobel mukofoti laureati (1979, G. Vittig bilan hamkorlikda)[2][3].

  1. (unspecified title)
  2. Nobel mukofoti sovrindorlari
  3. "BRAUN (Braun) Gerbert Charlz" OʻzME. B-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil