Havla al-Hanafiya
Hawla binti Jaʼfar al-Hanafiya خولة بنت جعفر الحنفية | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | |
Baqi’ qabristoni, Madina | |
Turmush oʻrtoq(lar)i | Ali (m. likely 632) |
Farzandlari | Muhammad ibn al-Hanafiya |
Ota-onasi |
|
Tanilgan sohasi | Alining rafiqasi |
Qarindoshlar | Banu Hanifa (urugʻ) |
Havla binti Jaʼfar al-Hanafiyya (arabcha: خولة بنت جعفر الحنفية), Ummu Muhammad (arabcha: أُمّ مُحَمَّد) nomi bilan ham tanilgan. Toʻrtinchi xalifa, imom Ali ibn Abu Tolibning xotinlaridan biri.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havla binti Jaʼfar oʻz qabilasi Banu Hanifa sharafiga al-Hanafiya nomini olgan va shu nom bilan mashhur boʻlgan. Abu Bakr xalifa boʻlganidan keyin Yamoma ahli zakot (diniy soliq) toʻlashdan bosh tortdi. Kuchli qoʻshin tuzib, oʻz qabilasidan boʻlgan va oʻzini paygʻambar deya eʼlon qilgan Musaylamaga ergashdilar. Musulmonlar sarkardasi Xolid ibn Valid qoʻshinlariga qarshi toki magʻlub boʻlgunlariga qadar kurash olib bordilar. Ushbu jangda magʻlubiyatga uchragan, Banu Hanifa qabilasidan boʻlgan musulmonlarga qarshi kurashgan yoki ularga qarshi kuchlarga yordam berganlarning bir qismi qul qilindi.
Keyinroq Ali Havla binti Jaʼfarni fidya qilib, ozod qilgan va xotini Fotimaning vafotidan keyin unga uylangan. Havla Alidan Muhammad ibn al-Hanafiyya ismi oʻgʻlini dunyoga keltirgan[1][2].
Avlodlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Short Biographies of the Prophet and His Ten Companions who Were Given the Tidings of Paradise, 2004. ISBN 9789960899121.
- ↑ History of the Prophets and Kings.