Harley Windsor
Harley Windsor | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Davlat | Avstraliya |
Tavalludi |
22-oktyabr 1996-yil Penrith |
Sherigi | Mariya Chernyshova |
Oldingi sheriklari | Yekaterina Aleksandrovskaya |
Shaxsiy rekordlari | |
Qisqa dastur | 66.45 |
Erkin dastur | 125.80 |
Harley Windzor (talaffuzi:Xarli Vindsor; 1996-yil 22-oktyabrda tugʻilgan) — juftlikda konkida uchish musobaqalarida qatnashga figurali uchuvchi. Konkida uchish boʻyicha sobiq sherigi Yekaterina Aleksandrovskaya bilan birga 2017-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempioni, 2017 CS Tallinn Trophy chempioni, 2017 CS Nebelhorn Trophy bronza medali sohibi, 2018 CS US Classic bronza medali sovrindori va ikki karra Avstraliyaning milliy chempioni (2016, 2018) boʻlgan.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Harley Dahlstrom-Windsor 1996-yil 22-oktyabrda Walesning Penrit shahrida tug‘ilgan va Rooty Hillda o‘sgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Windsor konkida uchishni 2005-yilda boshlagan. Galina va Andrey Pachin 2006-yil oxirida Kenterberida unga murabbiylik qila boshladilar. Windsor yakka holda musobaqalarida qatnashgandan so'ng, juftlikda konkida ushishga o`tgan.
Windsor Yekaterina Aleksandrovskaya bilan juftlikda konkida ucha boshlagan. Juftlik Wolkersdofda ishtirok etishgan, u yerda Nebelhorn saralash turnirida uchinchi oʻrinni egallab, oʻz mamlakatlari uchun Qishki Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan[1]. Bir hafta oʻtgach, avstraliyalik konkida uchuvchilar Gdanskdagi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-prida ishtirok etishgan va u yerda birinchi oʻrinni egallab, oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finaliga yoʻl olishgan[2]. Noyabr oyi oxirida Tallin shahrida boʻlib oʻtgan shahar turnirida avstraliyaliklar gʻolib boʻlishgan[3]. Juftlik Nagoyadagi final musobaqasida[4] ham gʻolib boʻlishgan. Final kuni Avstraliya rahbariyati Aleksandrovskayaga mamlakat fuqaroligini va Olimpiya oʻyinlarida erkin ishtirok etish imkoniyatini sovgʻa tariqasida taqdim etdi[5]. Juftlik qitʼa va Olimpiya oʻyinlariga yaxshiroq tayyorgarlik koʻrish uchun milliy chempionatlarni oʻtkazib yuborishga qaror qilishdi. Biroq, Gangneungdagi Olimpiya oʻyinlaridan ikki hafta oʻtgach, juftlik muvaffaqiyatsizlikka uchradi, natijada Janubiy Koreyadagi musobaqaning final qismiga chiqa olmadilar.
Natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash](Yekaterina Aleksandrovskaya bilan)
Musobaqalar/mavsum | 2016 — 2017 | 2017 — 2018 | 2018 — 2019 | 2019 — 2020 |
---|---|---|---|---|
Olimpiya oʻyinlari | 18 | |||
Jahon chempionati | 16 | 16 | ||
Toʻrt qitʼa chempionati | 11 | 6 | WD | WD |
Gran-pri bosqichlari: Skate Canada | 7 | |||
Gran-pri bosqichlari: Rostelecom Cup | 7 | |||
Gran-pri bosqichlari: Skate America | 7 | |||
Nebelhorn | 3 | 9 | ||
Finlandia Cup | 6 | 6 | ||
Warsaw Cup | WD | WD | ||
AQSh xalqaro | 3 | |||
Tallin kubogi | 1 | |||
Jahon chempionati (oʻsmirlar) | 1 | |||
Yoshlar oʻrtasidagi Gran-pri finali | 5 | 1 | ||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Chexiya | 8 | |||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Estoniya | 1 | |||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Latviya | 4 | |||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Polsha | 1 | |||
Avstraliya chempionati | 1 | 1 |
- WD — sportchilar musobaqadan chiqib ketgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Nebelhorn Trophy. Пары: Тарасова и Морозов победили, Савченко и Массо — вторые.“. 2019-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-oktyabr.
- ↑ „Гран-при среди юниоров. 6-й этап. Пары. Александровская и Уиндсор одержали победу, Павлюченко и Ходыкин — вторые, Полуянова и Сопот — третьи.“. 2017-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-oktyabr.
- ↑ „Tallinn Trophy. Пары: Александровская и Уиндсор победили, Ефимова и Коровин — вторые, Полуянова и Сопот — третьи.“. 2018-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-may.
- ↑ „Финал Гран-при среди юниоров. Пары: Австралийцы Александровская и Уинсдор победили, Панфилова и Рылов — вторые, Павлюченко и Ходыкин — третьи.“. 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-dekabr.
- ↑ „Александровская получила гражданство Австралии.“. 2017-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-dekabr.