Hachiman
Hachiman – (八 ⁇ 神, Yaponiya Buddizm tilida) Kamondan oʻq uzish va urush hudosi hisoblangan[1][2][3]. Hachiman haqidagi mif shinto va buddizmning elementlarini oʻz ichiga oladi[4].
Hachiman haqida birinchi bor Shoku Nihongi kitobida maʼlumot keltirilgan, unga koʻra Yaponiya Koreyaning Silla qirolligi bilan jang olib borayotganida urushda gʻalaba qozonish uchun Hachiman ibodatxonasiga qurbonliklar qilingan.
Shinto dini manbalarida Imperator Ōjin (応神天皇, Ōjin Tennō) oddiy inson va imperator Jingūning oʻgʻli boʻlgani haqida maʼlumotlar bor. III – IV asrlarda hukmronlik qilgan. Keyinchalik ilohiylashtirilgan va „Yahata-no-kami“ (Sakkiz bayroqli kami), Ilohiy imperatorning tugʻilishini anglatuvchi sakkiz samoviy bayroqqa ishora qiladigan ism berilgan. Samuraylar qoldirgan qoʻlyozmalarda imperatorning xabarchisi boʻlgan kabutar kamon va oʻqni anglatgani imperatorni boʻlsa Yumiya Hachiman deb atashgani haqida maʼlumotlar bor.
Qadim zamonlar mifologiyasiga koʻra Hachiman baraka hudosi deb keltirilgan va koʻproq baliqchilar, dehqonlar Hachimanga duo qilib ishlarida baraka soʻrashgan.
Samuraylar davrida, Seiwa Genji qabilalar avlodlari (清和源氏 Seiwa Gen-ji, Minamoto qabilasi toʻplamida boʻlgan Seiwa imperatori) va Kanmu Taira (⁇ 武平氏 Kanmu Tair’u-ji / Hei-shi / Hei-ji, Taira qabilasi toʻplamidan boʻlgan Kanmu imperatori) Hachimanni sharaflashgan. Hachimanni samuraylar taqdirini aniqlashi, yaʼni samuraylar oʻzlariga topshirilgan vazifalarini muvafaqiyatli amalga oshiroladimi yoʻqmi bilishiga ishonishgan. Bundan tashqari jang strategiyalari, harbiy yurishlar taqdiri qanday boʻlishi haqida ham Hachimanga suyanishgan.
Garchi Hachiman urush hudosi deb tanilgan boʻlsada, uni samuraylarning himoyachisi sifatida ham tanishgan. Hachiman Yaponiya xalqi va Imperator oilasi uchun juda katta ahamiyatga ega boʻlgan.
Hachiman haqida qisqacha maʼlumotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hachiman haqidagi ohirgi qaydlarda uni Imperator Ōjinning ruhi ekaniga ishonishgani yozilgan. Imperator Kinmei (⁇ 明天皇, Kinmei-tennō) oʻzining hukmronligining 32-yilida (571-yilda), imperator Ōjin ruhi birinchi marta Usa (宇佐地) – hozirgi Usa shahri, Oita prefekturasida – yer yuziga tushgan degan. Aynan Oita prefekturasida Hachimanga va boshqa ayol ruhi Ximegamiga ilohiylik darajasini berishgan. Bu ikki ilohiyatga aholi Hachiman Mikami deb nom berishgan.
- ↑ Kanda, Christine Guth. Shinzō: Hachiman Imagery and Its Development, 1st, Harvard East Asian Monographs, Harvard University Asia Center, Harvard University, 1 July 1985. DOI:10.2307/j.ctt1tg5jkx.
- ↑ Law, Jane Marie (1994). "Violence, Ritual Reenactment, and Ideology: The "Hōjō-e" (Rite for Release of Sentient Beings) of the USA Hachiman Shrine in Japan". History of Religions 33 (4): 325–357. ISSN 0018-2710. https://www.jstor.org/stable/1062714.
- ↑ „Hachiman & Hachimangū Shrines“. — „It was only later, sometime in the 9th century, that the deity became associated with Emperor Ōjin, and later still that Hachiman became worshipped as the god of archery and war, ultimately becoming the tutelary deity of the Minamoto clan and its famed warrior Minamoto Yoritomo 源頼朝 (1147–99), founder of the Kamakura shogunate“.
- ↑ Scheid. „Hachiman Shreine“ (de). University of Vienna. Qaraldi: 2010-yil 17-avgust.