Kontent qismiga oʻtish

Gustav Ludwig Hertz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gustav Ludwig Hertz

Gustav Ludwig Hertz (talaffuzi: Gustav Lyudvig Xertz) (1887.22.7, Gamburg -1975) - nemis fizigi, Myunxen va Berlin universitetlarida oʻqigan. 1954-yildan Leypsigdagi fizika instituti direktori. Ilmiy ishlari spektroskopiyaga oid. J. Frank bilan hamkorlikda elektronlarning atomlar bilan toʻqnashuviga doir tajribalar (Frank—Gers tajribasi, 1913)oʻtkazgan. Rentgen nurlarining yutilish spektrini oʻrgangan, diffuziya, elektron emissiya, gazlardagi razryadlar, plazma fizikasi, ultratovush, yarimoʻtkazgichlarga oid qator tadqiqotlar olib borgan. Nobel mukofoti laureati (1925, J. Frank bilan hamkorlikda)[1].