Kontent qismiga oʻtish

Gidrazin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gidrazin (diamid), H2N-NH2 — ammiak (NH3) hosilasi; rangsiz, havodagi suv bugʻini yutuvchi qoʻlansa hidli quyuq suyuqlik. Suyuqlanish temperaturasi 2°, qaynash temperaturasi 113,5°, zichligi 1,008 k/sm3 (20° da). Suvdagi eritmasi asosli xossaga ega. Gidrazin havodagi karbonat angidridni yutadi. Kislotalar bilan birikib, tuzlar hosil qiladi. Gidrazin ammiak yoki mochevinani gipoxlorit bilan oksidlab olinadi. Plastmassa, rezina, insektitsid, portlovchi moddalar i.ch.da hamda qaytaruvchi modda sifatida ishlatiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil