Geptan
Geptan, C7H16 — toʻyingan uglevodorod. Mol. m. 100,21.9 ta izomeri malum. Normal G. CH3(CH2)5—CH3 kuchsiz oʻziga xos hidli rangsiz suyuqlik. Suyuqlanish temperaturasi — 90,61°, qaynash temperaturasi 98,43°, suvda erimaydi, efir va organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Toʻyingan uglevodorodlarning barcha kimyoviy xossalariga ega. Havo bilan portlovchi aralashma hosil qiladi. Neftning benzin fraksiyalari va gaz kondensatlari tarkibida boʻladi, katalitik reforming jarayonida izomerlanib izogeptanlarga va degidrotsillanib toluolga aylanadi. G.ni benzin fraksiyalaridan seolitlarda absorbsiyalab ajratib olish mumkin. Karbyurator yoqilgʻilarining detonatsion barqarorligini aniqlashda etalon sifatida qoʻllanadi (G.ning oktan soni 0 ga teng deb qabul qilingan). Izomerlaridan 2,2,3-trimetilbutan (triptan) amaliy ahamiyatga ega boʻlib, motor yoqilgʻilariga qoʻshimcha sifatida ishlatiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |