George Saunders
George Saunders(1958-yil 2-dekabrda tugʻilgan)— amerikalik qisqa hikoyalar, insholar, romanlar va bolalar kitoblari muallifi. Uning asarlari The New Yorker, Harper’s, McSweeney’s, and GQ jurnallarida chop etilgan.Sirakuza universiteti professori Saunders 1994,1996,2000 va 2004-yillarda badiiy adabiyot boʻyicha „Milliy jurnal mukofotini“ yutadi va 1997-yilda „O.Henri Awards“ ikkinchi mukofotni qoʻlga kiritadi.1996-yil PEN/Xeminguey mukofoti,2006-yilda Sonders MakArtur stipendiyasini oladi va shuningdek „CommComm“ qisqa hikoyasi uchun Jahon Fantaziya mukofotini qoʻlga kiritgan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]George Saunders Texasning Amarillo shahrida tugʻilgan.Chikago yaqinidagi Illinoys shtatidagi Oak Forestida yashagan.St. Damian Catholic maktabida oʻqigan va Illinoys shtatidagi Oak Forestdagi Oak Forest oʻrta maktabini tamomlagan. Yigirma yoshining bir qismini u Chikagoda tom yopuvchi, Beverly Hillda qoʻriqchisi sifatida va qassobxonada sotuvchi bo'lib ishlagan.1981-yildaKolorado shtatining Golden shahridagi Kolorado maktabidan geofizika muhandisi boʻlgan.1988-yilda Tobias Wolff[1] bilan birga ishlagan va Sirakuza universitetida ijodiy yozish boʻyicha magistrlik darajasiga ega boʻldi.u yerda yozuvchi Paula Redick bilan uchrashdi va unga uylangan.Ularning ikkkita bolasi bor(Caitlin Saunders va Alena Saunders)[2].
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Lincoln in the Bardo
- Tenth of December
- A Swim in a Pond in the Rain
- CivilWarLand in Bad Decline
- Pastoralia
- Fight of the Century
- My Ideal Bookshelf
- The Braindead Megaphone[3]
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Saunders toʻrt marta badiiy adabiyot boʻyicha Milliy jurnal mukofotini qoʻlga kiritadi. Uning birinchi qisqa hikoyalar toʻplami „CivilWarLand in Bad Decline“ 1996-yil PEN/Xeminguey mukofotining finalchisi edi.2001-yilda Saunders Lannan jamgʻarmasi tomonidan badiiy adabiyot boʻyicha Lannan adabiy stipendiyasini oladi.2017-yilda oʻzining „ Lincoln in the Bardo“ nomli birinchi romanini nashr etadi,„Booker Prize“ mukofotini qoʻlga kiritadi va Nyu-York Taymsning bestselleriga aylanadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Tobias wolff“. Qaraldi: 20-sentabr 2023-yil.
- ↑ „bolalari haqida“. Qaraldi: 15-sentabr 2023-yil.
- ↑ „G.Saundersning asarlari“. Qaraldi: 15-sentabr 2023-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „George Saunders bilan suhbat“ (inglizcha). Qaraldi: 15-sentabr 2023-yil.