Gegelchilik
Gegelchilik — Gegel taʼlimotini rivojlantirishga harakat qilgan falsafiy oqim. 19-asrning 30—40-yillarida Germaniyada vujudga kelgan. G. vakillari diniy masalalar yuzasidan munozaralarda Gegelni ortodoksal teizm ruhida talqin etuvchi konservativ keksa (oʻng qanot) gegelchilar (Geshel, Daub va b.) va Gegelning "olamiy ruh"i ga qarama-qarshi ravishda ayrim shaxslarning tarixda oʻz-oʻzini anglashi ahamiyatini qayd etuvchi yosh (sul qanot) gegelchilar (Ruge, Bruno, Bauer, Feyerbax, Shtraus va b.)dan iborat edi. Oʻng hamda soʻl gegelchilar oʻrtasida oraliq gegelchilar (K. Rozenkrans, I. E. Erdman va b.) ham boʻlgan. K. Marks va F. Engels Gegel dialektik uslubining "ratsional magʻzi"ni oʻzlarining tarixii materialistik tushunish nazariyalari negiziga quydilar. Fransiyada G.ka Kuzen asos soldi, Ten, Renan, Gamelen, Andler va b. tomonidan rivojlantirildi. Angliyada G.ni Stirling "Gegel siri" asari (1865) bilan boshlab berdi. Bozanket, MakTaggart, Xoldeyn (vikont Kloanskiy), Beyli va b. mazkur yoʻnalishga mansub bulganlar. G. Italiyada ham keng rivoj topdi (Joberti, Rosmini, Jentile, Kroche). Shuningdek Rossiya, slavyan mamlakatlari, Skandinaviya va Gollandiyada keng tarqaldi. Gegel taʼli-moti oʻzga millatlar ongiga uzoq davr mobaynida taʼsir koʻrsatdi. 20-asrning 20-yillaridan Gegel gʻoyalariga qiziqish borasida yangi davr boshlandi (qarang Neogegelchilik).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |