Kontent qismiga oʻtish

Gaz generatori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gaz generatori (gaz... va lot. generator — hosil qiluvchi) — 1) aso-san qattiq va suyuq yoqilgʻilardan yonuvchi gaz hosil qiladigan apparat. G.g.ning transport va muqim (statsionar) turlari bor. Transport G.g.da oʻtin, pistakoʻmir, antratsit va torf kabi qattiq yoqilgʻilardan avtomobil va traktorlarning dvigatellari uchun yonuvchi gaz olinadi. Muqim G.g. qizitish, pishirish va eritish pechlari oʻrnatilgan sanoat korxonalari uchun gaz ishlab chiqaradi. G.g. koʻpincha ichki devorlari oʻtga chidamli gʻishtdan teriladigan shaxtadan iborat boʻladi. Bu shaxtaga yuqoridan yoqilgʻi solib turiladi, pastdan havo yuboriladi, yoqilgʻi qatlamini kolosnikli panjara koʻtarib turadi. G.g.ning ishi yonilgʻini yuqori temperaturalarda havoda oksidlashga va suv bugʻida oksidlashga asoslangan. Bosim ostida va bugʻkislorod aralashmasidan foydalangan holda koʻmirdan tarkibida 15% gacha metan boʻlgan shahar gazi hosil boʻladi; 2) suyuqlikli raketa dvigateli generator i — yoqilgʻi yoki uning komponentlari yonishi yoki parchalanishi (termik, katalitik va hokazo) hisobiga qaynoq gaz (temperaturasi 200—900°) ishlab chiqariladigan apparat. Bunday gaz turbonasos ag-regatini harakatga keltirish uchun ish jismi hisoblanadi. Bunday G.g.ning asosiy ish organlari — aralashtirish kallagi va kallak.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil