Kontent qismiga oʻtish

Gaur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gaur (Bos gaurus) — juft tuyoqlilar turkumining quvushshoxlilar oilasiga mansub yovvoyi qoramol. Hindiston, Nepal, Hindixitoy ya. o.da tarqalgan. G. 10—12, baʼzan 30—40 tadan poda boʻlib, 600–1700 m balandlikdagi togʻ oʻrmonlarida yashaydi, oʻsimliklar bilan oziqpanadi. Erkagi tanasining uz. 3 m ga yaqin, boʻyi 2,2 m cha. Urgʻochisi kichik boʻlib, boʻyi 1,5 m dan ortiq boʻlmaydi. Boʻgʻozlik davri 8—9 oy, tugʻish davri may—iyundan oktabrgacha. Bitta bola tugʻadi. G. goʻshti va terisi uchun ovlangan. Jahon "Qizil kitobi"ga kiritilgan. Hindistonda qoʻlga oʻrgatilgan. Xonaki xili gayal deb ataladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil