Kontent qismiga oʻtish

Gʻozi stadioni

Koordinatalari: 34°31′07″N 69°11′38″E / 34.51861°N 69.19389°E / 34.51861; 69.19389
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gʻozi stadioni
Afgʻoniston milliy futbol stadioni

2013-yilda stadionning tepadan koʻrinishi
Toʻliq nomi Ghazi Stadium
Manzili 16-okrug, Kobul, Afgʻoniston
Koordinatalari 34°31′07″N 69°11′38″E / 34.51861°N 69.19389°E / 34.51861; 69.19389
Sigʻimi 25,000[1]
Chim turi Sunʼiy chim
Konstruksiya
Qurilgan 1923 (101 yil avval) (1923)
Ochilgan 1923
Yangilangan 2011
Ijarachilar
Afgʻoniston milliy futbol terma jamoasi
Afgʻoniston ayollar terma jamoasi
Futbol bo‘yicha Afg‘oniston chempionati (selected clubs)
Kobul Premer-ligasi
Ayollar Kobul ligasi

Gʻozi stadioni (pushtucha: غازي لوبغالی; forscha: ورزشگاه غازى) Afgʻonistonning sharqiy Kobul shahrida joylashgan koʻp maqsadli stadion boʻlib. Stadionda asosan futbol oʻyinlari uchun foydalaniladi[2]. Stadioni nomi baʼzan Afgʻoniston futbol federatsiyasi stadioni kabi boshqa nomlar bilan ham ataladi. Stadion 1923-yilda uchinchi ingliz-afgʻon urushida afgʻon gʻalabasi tufayli va 1919-yilgi ingliz-afgʻon shartnomasidan soʻng oʻz xalqi mustaqillikka erishgani uchun Gʻozi (Qahramon) sifatida eʼtirof etilgan podshoh Omonullaxon davrida qurilgan. Stadionga oʻrindiqlar oʻrnatilgach, bugungi kunda 25 000 kishini sigʻdira oladi.

Gʻozi stadionida 2011-yilda tabiiy maysasi olib tashlandi va qayta taʼmirlash ishlari boshlandi Uning oʻrniga yangi tuproq va tepasiga sunʼiy chim oʻrnatilgandan soʻng bir qator taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan.

2012-yil yanvar oyida stadiondagi muxlislar

Gʻozi stadionida oʻtkazilgan birinchi xalqaro oʻyin 1941-yil 1-yanvarda Afgʻoniston va Eron oʻrtasidagi futbol oʻyini boʻlib, oʻyinda hech bir jamoa gol ura olmadi. 1963-yilda amerikalik musiqachi Dyuk Ellington AQSh Davlat departamenti homiyligida gastrol safari doirasida shu yerda kontsert bergan[3].

1990-yillarning oxirlarida stadion Tolibon hukumati tomonidan ommaviy qatl qilish joyi sifatida ishlatilgan.

Stadion hozirda asosan mamlakatning turli viloyatlari jamoalari oʻrtasidagi futbol oʻyinlari hamda xalqaro oʻyinlar uchun foydalaniladi.

"Kobulning bokschi qizlari" filmida qayd etilganidek, stadionda boks boʻyicha mamlakat milliy terma jamoasi uchun ham mashgʻulotlar bazasi sifatida hizmat qiladi[4].

2011-yil 15-dekabr kuni Afgʻoniston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Kobulda qayta yangi taʼmirlangan Gʻoziy stadionining ochilishini nishonladi. Afgʻoniston Olimpiya qoʻmitasi mezbonlik qilgan tadbirda AQSh elchisi Rayan Kroker, Afgʻoniston Olimpiya oʻyinlari prezidenti general-leytenant Muhammad Zohir Agbar va Afgʻonistondagi Xalqaro xavfsizlik kuchlari qoʻmondoni general John R. Allen ishtirok etdi[5].

Shuningdek, 5000 ga yaqin tomoshabinni qamrab olgan tadbirda sportchilarning trekdagi paradi, ochilish soʻzlari, lentani kesish va erkaklar va ayollar futbol jamoalari ishtirokida ikkita qisqartirilgan futbol uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Yangilangan oʻyin maydoni FIFA tomonidan sertifikatlangan boʻlib, kelajakdagi oʻyinlar xalqaro miqyosda ruxsat etiladi.

  • Afgʻoniston futbol federatsiyasi stadioni 2012-yilda ochilgan va sigʻimi 5000 kishiga moʻljallangan.
  1. Jeong, May „Afghanistan United“. Roads & Kingdoms (2013-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 19-oktyabr.
  2. „Afghan Premier League“. APL.
  3. Whitlock, Monica (20 September 2013), When Duke Ellington played Kabul, BBC
  4. Vlessing, Etan. „NFB's 'The Boxing Girls of Kabul' Acquired by In Demand“. The Hollywood Reporter (2012-yil 30-aprel). Qaraldi: 2013-yil 17-yanvar.
  5. Nucelli, Nicole. „Afghanistan's Ghazi Stadium Enjoys Renaissance“. Blog. U.S. Department of State (2011-yil 28-dekabr). 2012-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-oktyabr.