Fyodor Kim
Fyodor Dorofeyevich Kim | |
---|---|
Tavalludi |
1906-yil Paksekori qishlogʻi, Yujno-Ussuriysk uezdi, Primorsk viloyati, Priamursk oʻlkasi, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
1961-yil Yuqori Chirchiq tumani Toshkent viloyati OʻzSSR |
Fuqaroligi | SSSR |
Kasbi | kolxoz raisi |
Mukofotlari |
|
Fyodor Dorofeyevich Kim, (1906-yil, Paksekori qishlogʻi, Yujno-Ussuriysk uezdi, Primorsk viloyati, Priamursk oʻlkasi, Rossiya imperiyasi – 1966-yil, Yuqori Chirchiq tumani Toshkent viloyati OʻzSSR) – Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi Sverdlov nomidagi kolxoz mudiri[1]. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1951).
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1906-yil Yujno-Ussuriysk uezdi Paksekori qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan. Millati koreys[1]. Qishlogʻidagi mahalliy boshlangʻich taʼlim maktabida 4-sinfni tamomlagan. Shaxsiy fermada mehnat qilgan.
1937-yilda Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyatidagi maxsus aholi punktiga deportatsiya qilingan[1]. Yuqori Chirchiq tumanidagi Sverdlov nomidagi kolxozida oddiy ishchi, mudir sifatida faoliyat olib borgan.
1948-yilda Fyodor Kim rahbarligidagi boʻlim 8 gektar maydonning har gektaridan oʻrtacha 124,8 sentnerdan yashil kanop hosilini oldi. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1951-yil 22-maydagi farmoni bilan „1950-yilda MTS ishiga natura shaklida haq toʻlagani, barcha turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari boʻyicha kolxozning majburiyatlari va shartnomalarini bajargan holda sugʻoriladigan yerlarda sholi, paxta va yashil kanop poyalaridan yuqori hosil olganliklari uchun hamda 1951-yilda bahorgi ekish uchun toʻliq talab miqdorida barcha ekinlarni urugʻlik bilan taʼminlagani“ uchun Lenin ordeni (tartib raqami 143600) va O‘roq va Bolg‘a oltin medali (tartib raqami 8638) hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni berilgan[2].
1952-yilda ikkinchi marta Lenin ordeni bilan taqdirlangan. Nafaqaga chiqquncha kolxozda mehnat qilgan[1].
1961-yilda vafot etgan. Yuqori Chirchiq tumanidagi sobiq Sverdlov nomidagi kolxoz qabristoniga dafn etilgan[2].
Olgan mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sotsialistik Mehnat Qahramoni;
- Lenin ordeni – ikki marta (1951; 21.12.1953);
- „1941-1945 yillar Ulugʻ Vatan Urushida jasorat bilan qilgan xizmatlari uchun“ medali;
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Shin D. V., Sovetskie koreysi Geroi Sotsialisticheskogo truda, Almati: Service Press, 2019
- Kim P. G., Koreysi Respubliki Uzbekistan, Tashkent: Uzbekiston. 1993
- Kim B. I., Koreysi Uzbekistana. Kto est kto, Tashkent, 1999
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sotsialistik Mehnat Qahramonlari
- Lenin ordeni sohiblari
- „1941-1945 yillar Ulugʻ Vatan Urushida jasorat bilan qilgan xizmatlari uchun“ medali bilan taqdirlanganlar
- 1906-yilda tugʻilganlar
- 1961-yilda vafot etganlar
- Kishilar
- Yuqori Chirchiq tumani Sverdlov nomidagi kolxozning Sotsialistik Mehnat Qahramonlari
- Toshkent viloyatida dafn etilganlar
- Toshkent viloyatida vafot etganlar