Kontent qismiga oʻtish

Franshiza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Franshiza sugʻurta shartnomasi sharti bilan koʻzda tutilgan maʼlum miqdordan oshmaydigan zararni sugʻurtalovchi toʻlamasligi. Franshiza sugʻurtalanuvchi zararni qoplashdagi shaxsiy ishtirokining shakli boʻlib, odatda, zararlar nisbatan katta boʻlmaganda qoʻllanadi. Franshiza sugʻurta mukofotining kamayishiga taʼsir etadi. Franshiza shartli (chegirib qolinmaydigan) va shartsiz (chegirib qolinadigan) turlarga boʻlinadi. SHartli franshiza – agar zarar summasi franshiza summasidan oshmasa, sugʻurtalanuvchi mustaqil ravishda zararni qoplaydi, agar zarar miqdori franshizadan oshsa, zarar sugʻurtalovchi tomonidan toʻla qoplab beriladi. SHartsiz franshiza – franshiza summasi har qanday holatda ham chegirib qolinadi. Franshiza sugʻurta summasidan maʼlum foiz yoki summa koʻrinishida belgilanadi.

Manba: http://www.unic.gov.uz/uzb/glossary.php (Wayback Machine saytida 2006-08-31 sanasida arxivlangan)