Kontent qismiga oʻtish

Flydubai

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Flydubai
arabcha: فلاي دبي
IATA ICAO Identifikatori
FZ FDB SKY DUBAI
Tashkil topgan 2008-yil 19-mart
Boshlangan amaliyotlari 2009-yil 1-iyun
Baza aeroporti Dubay Xalqaro aeroporti
Havo tuguni Dubay Xalqaro aeroporti (2-terminal)
Park hududi 56 ta ( 228 ta buyurtirilgan)
Parvoz yoʻnalishlari 94 ta
Egasi Dubay hukumati
Bosh qarorgohi Dubay,  BAA
Muhim shaxslar Ahmad bin Said Al Maktum (direktorlar kengashi raisi)
Gate al Gate (bosh direktor)
Xodimlar soni 3321 kishi
Sayti flydubai.com

Dubai Aviation Corporation (arabcha: مؤسسة دبي للطيران[1]), Flydubai (arabcha: فلاي دبي) — Birlashgan Arab Amirliklarining davlat aviakompaniyasi, shtab-kvartirasi Dubay xalqaro aeroportida joylashgan. U ushbu aeroportning 2-terminalidan parvozlarni amalga oshiradi[2].

Aviakompaniyaning rejalashtirilgan marshrut tarmogʻi Yaqin Sharq, Afrika, Osiyo va Yevropadagi 94 ta nuqtadan iborat[3].

Flydubai 2008-yilning iyul oyida Dubay amirligi hukumati tomonidan tashkil etilgan. Kompaniya The Emirates Group aviatsiya xoldingining shoʻba korxonasi boʻlmaganiga qaramay, ushbu guruh dastlabki bosqichda yangi tashkil etilgan aviatashuvchiga jiddiy yordam koʻrsatdi[4].

2008-yil 14-iyulda Farnboro aviasalonida Flydubai Amerikaning Boeing samolyot ishlab chiqaruvchisi bilan ellikta Boeing 737-800 samolyotlarini yetkazib berish boʻyicha qatʼiy shartnoma tuzdi, buning umumiy qiymati 3,74 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Shartnoma, shuningdek, tashuvchining shartnomani bajarish vaqtida qolgan Boeing 737-800 samolyotlarini yirikroq Boeing 737-900ER samolyotlariga yetkazib berish tartibini oʻzgartirish huquqini ham nazarda tutgan.

Shartnoma boʻyicha birinchi samolyot 2009-yil 17-mayda yetkazib berildi va oʻsha yilning 1-iyunida Flydubai Dubaydan Bayrutga (Livan) va Ammanga (Iordaniya) muntazam reyslarni amalga oshira boshladi.

2013-yil 13-fevralda aviakompaniya Boeing va Airbus konserni bilan yana ellikta samolyotni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzish niyatida muzokaralar olib borilayotganini eʼlon qildi[5][6]. 2013-yil 19-iyun kuni kompaniya rahbariyati ommaviy axborot vositalariga yangi yetkazib berilgan samolyotlar har biri 12 ta yoʻlovchi oʻrindigʻiga ega biznes-klass kabinalari[7] bilan jihozlanishi haqida maʼlum qildi[8][9].

2019-yil 1-iyun kuni aviakompaniya parvozlar boshlanganining o‘n yilligini nishonladi.

2021-yil dekabr oyida Flydubai aviaparki quyidagi samolyotlardan iborat edi[10]:

Flydubai floti
Rasm Turi Foydalanishda Buyurtma qilingan Yoʻlovchi oʻrindiqlari
Biz/kl Eko/kl Jami
Boeing 737-800 33 0 0 189 189
12 162 174
Boeing 737 MAX 8 30 101 10 156 166
Boeing 737 MAX 9 3 67 10 156 166
Boeing 737 MAX 10 0 50
Jami 66 218

Yoʻnalishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil yanvar holatiga ko‘ra, Flydubai dunyoning 43 mamlakatidagi 97 ta yo‘nalishga parvoz qiladi[11].

Yevropa davlatlariga:

Osiyo mamlakatlariga:

Afrika mamlakatlariga:

Favqulodda vaziyatlar va hodisalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sana Bort raqami Baxtsiz hodisa joyi Qurbonlar Qisqa Tasvir
2012-yil 22-aprel BAA bayrogʻi A6-FDK BAA bayrogʻi Dubay 0/100 Dubay aeroportidan havoga koʻtarilgan Boeing 737-800 Air Arabia aviakompaniyasining Airbus A320 samolyoti bilan havoda xavfli yaqinlashdi, lekin toʻqnashuv boʻlmadi[13].
2015-yil 26-yanvar BAA bayrogʻi A6-FEK Iroq bayrogʻi Bagʻdod 0/154 Dubaydan Bag‘dodga yo‘l olgan Boeing 737-800 samolyoti qo‘nish vaqtida o‘qqa tutildi. Bir yo‘lovchi o‘qdan yaralangan, yana ikki nafari yengil tan jarohati olgan[14][15].
2016-yil 19-mart BAA bayrogʻi A6-FDN RossiyaRostov-Don 62/62 Dubaydan Rostov-Donga yoʻl olgan Boeing 737-800 samolyoti qoʻnishga yaqinlashayotganida halokatga uchradi. Bortdagilarning hammasi halok boʻldi[16].
  1. "سياسة الخصوصية ." flydubai. Retrieved on August 10, 2011.
  2. "Terms and conditions" flydubai. Retrieved on 21 June 2010. „The website is owned and operated by Flydubai, whose principal office is at Dubai International Airport, Terminal 2, PO Box 353, Dubai, United Arab Emirates. Flydubai is a Dubai corporation formed by the government of Dubai in July 2008.“
  3. "flydubai destinations (Wayback Machine saytida 2013-09-08 sanasida arxivlangan)" flydubai. Retrieved on June 27, 2013.
  4. „Confident flydubai preparing for takeoff“.
  5. "Budget Carrier FlyDubai In Talks For 50 Aircraft Order (Wayback Machine saytida 2015-01-22 sanasida arxivlangan)" Reuters. Retrieved on June 27, 2013.
  6. "FlyDubai Considers 50 New Aircraft" Gulf News. Retrieved on June 27, 2013.
  7. "Introducing Business Class" FlyDubai. Retrieved on June 27, 2013.
  8. "FlyDubai Announces Of New Business Class Service (Wayback Machine saytida 2013-10-12 sanasida arxivlangan)" 7DaysInDubai. Retrieved on June 27, 2013.
  9. "FlyDubai Introduces Business Class Services" Gulf News. Retrieved on June 27, 2013.
  10. „Flydubai Fleet in Planespotters.net“. planespotters.net (2021-yil 21-dekabr).
  11. „Карта маршрутов“. flydubai.
  12. „flydubai marks start of flights to Uzbekistan with Tashkent inaugural“ (en). news.flydubai.com.
  13. „Final Report A6-ABS, A6-FDK - Case No. AIFN-0008-2012 Serious Incident“ (en). General Civil Aviation Authority (2016-yil 28-yanvar). 2016-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-sentyabr.
  14. „Самолет flydubai обстрелян при посадке в Багдаде“. BBC (2015-yil 27-yanvar).
  15. „ASN Aircraft accident Boeing 737-8KN (WL) A6-FEK Baghdad International Airport (BGW)“ (en). Aviation Safety Network (2016-yil 29-aprel).
  16. „Промежуточный отчет. B737-800 A6-FDN“ (2016-yil 20-aprel).