Kontent qismiga oʻtish

Firqa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Firqa (arab. – guruh, toʻda) – islomiy eʼtiqodga doir bir yoki bir necha masala yuzasidan maxsus fikrga ega boʻlgan kishilar guruhi (maktab, jamoa). Muhammad (s.a.v.) tomonidan musulmonlar jamoasi 73 (yoki 72) Firqaga boʻlinib ketadi, deb bashorat qilingan. Eski oʻzbek tilida „partiya“ soʻzi oʻrnida ham ishlatilgan.

Islomiy harakat islomdagi asosiy yoʻnalishlardan biridir.

Islomdagi oqimlarning tafovuti Umaviylar davrida boshlanib, Abbosiylar davrida ham davom etdi. Olimlar qadimgi yunon va eron olimlarining asarlarini arab tiliga tarjima qilish, bu asarlarni islom nuqtai nazaridan tahlil qilish va sharhlashga kirishdilar.

Islom dini odamlarni umumiy din asosida birlashtirganiga qaramay, musulmon mamlakatlarida etnik-konfessiyaviy qarama-qarshiliklar barham topgani yoʻq. Bu holat musulmon dinining turli oqimlarida oʻz aksini topgan. Islomdagi oqimlar (sunniylik va shialik) oʻrtasidagi barcha tafovutlar aslida dogmatik emas, balki huquqni qoʻllash masalalari bilan bogʻliq. Islom barcha musulmonlarning yagona dini hisoblanadi, ammo islom harakati vakillari oʻrtasida bir qator kelishmovchiliklar mavjud. Shuningdek, huquqiy qarorlar tamoyillari, bayramlarning nishonlanishi, boshqa din vakillariga boʻlgan munosabatda ham jiddiy tafovutlar mavjud.

Dunyo musulmonlarining qariyb 85% sunniylar[1][2], 15% shialar[3][4] hamda qolgan islomiy harakat aʼzolarini (ahmadiylar, alaviylar, ibodiylar, ismoiliylar va boshqalar) oʻz ichiga oladi.

  1. Oxford University Press. Sunni Islam: Oxford Bibliographies Online Research Guide. Oxford University Press, USA, 2010-05-01 — 3-bet. ISBN 978-0-19-980429-0. 
  2. „Sunnis and Shia: Islam's ancient schism“ (en-GB). BBC News (2011-yil 6-dekabr). 2020-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-fevral.
  3. „Mapping the Global Muslim Population“ (en). Pew Research Center's Religion & Public Life Project (2009-yil 7-oktyabr). 2022-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-fevral.
  4. „Berkley Center for Religion, Peace, & World Affairs: Shi'a“ (en) (deadlink). berkleycenter.georgetown.edu (2012-yil 15-dekabr). 2012-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.