Fenol
Fenol, karbol kislota, gidroksibenzol, C6H5OH — oʻziga xos hidli, rangsiz kristall modda. Saqlab qoʻyilganda pushti rangga kiradi. Molyar massasi - 94,11 g/mol, suyuqlanish temperaturasi 40,9°C, qaynash temperaturasi 181,75°C, zichligi 1058 kg/m3. Spirt, efir, atseton, xloroformda yaxshi, suvda bir oz eriydi. Kuchsiz kislota xususiyatiga ega, ishqorlar bilan fenolyatlar hosil qiladi. Fenol toshkoʻmir smolasidan olinadi. Fenolning sanoat koʻlamida sintezlab olinishi izopropilbenzol gidroperoksidni kislotalar bilan parchalashga asoslangan. Fenol fenolformaldegid smolalar, kaprolaktam, pikrin kislota, turli boʻyagichlar va pestitsidlar, dori moddalari ishlab chiqarishda qoʻllanadi. Teriga tekkanda kuydiradi: havoda 0,005 mg/l dan koʻp boʻlmasligi lozim (yana qarang Fenollar). Aromatik halqa va gidroksil guruhi borligi sababli fenol ham spirtlar, ham aromatik uglevodorodlarga xos kimyoviy xossalarni namoyon etadi. Gidroksil guruhi bo'yicha: Zaif kislotali xususiyatlarga ega (spirtlarga qaraganda kuchli), ishqorlar ta'sirida tuzlar - fenolatlar (masalan, natriy fenolat - C6H5ONa) hosil bo'ladi. Fenol rux kukuni bilan kuydirilganida, gidroksil guruhi vodorod bilan almashadi. C6H5OH Zn = C6H6 ZnO Kolbe-Shmitt reaksiyasi salitsil kislotasini va uning hosilalarini (atsetilsalitsil kislotasi va boshqalarni) sintez qilish uchun ishlatiladi. https://wikimedia.org/api/rest_v1/media/math/render/svg/8746d83f76859c5bf80d5bc833151804dc210186
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |