Farnak II
Farnak II (miloddan avvalgi 47-yil) – Bospor podshosi (miloddan avvalgi 63-yildan). Shoh Mitridat VI Yevpatorning oʻgʻli. Rim bilan urush chogʻida Farnak II otasiga xiyonat qilib, Rim sarkardasi Pompei bilan ittifoq tuzgan va Bospor davlatining katta qismida (Fanagoriyadan tashqari) oʻz hokimiyatini oʻrnatgan. 49—48 yillarda Pompei bilan Yuliy Sezar (Misrda edi) oʻrtasidagi nizodan foydalanib Fanagoriyani bosib olgan va Kichik Osiyoni egallash maqsadida yurish qilgan. U Vifiniya va Amisosni egallagan, lekin 47-yil 2-avgustda Kichik Osiyoning Zela shahri yaqinidagi jangda Sezar tomonidan tor-mor qilingan. Sezar Senatga „Vene, vidi, vici“ („keldim, koʻrdim, gʻalaba qozondim“) deb noma joʻnatgan. Rimliklar Farnak II ni ozod qilib kichik otryad bilan Bosporga joʻnatganlar, bu yerda hokimiyatni Farnak II ning noibi Asandr egallab olgan edi. Farnak II Asandr bilan boʻlgan jangda halok boʻlgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |